Yozning so‘nggi oyida qanday ob-havo kuzatiladi?

Zakat nad Xivoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna bo‘lish
Avgust oyining ayrim kunlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Bu yil avgust nisbatan qulay harorat qiymatlari bilan boshlanadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, oyning birinchi besh kunligida kunduzgi havo harorati 33-38 daraja atrofida bo‘ladi. Xuddi shuday harorat foni oyning oxirigacha ustunlik qiladi.
Lekin shu bilan birga markaziy hududlarda harorat qisqa muddatli davrga 40-41 darajagacha, janubda va cho‘l zonasida 41-42 darajagacha ko‘tarilish (1-2 kun) ehtimoli bor.
Avgust oyining ayrim kunlarida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
“Odatda yoz mavsumining eng issiq davri — "chilla" avgust oyining boshida tugaydi. Iqlimiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha avgust oyi iyul oyiga nisbatan 1,5-2,5 darajaga salqinroq bo‘ladi”, - deyiladi xabarda.
O‘zgidrometga ko‘ra, hududning aksariyat qismida avgust oyi haroratining eng yuqori cho‘qqi qiymatlari iyul oyi maksimumlaridan past bo‘ladi.
Shunda, Toshkentda iyul oyidagi eng yuqori havo harorati 44,6 daraja (bunday harorat 1997-yilda qayd etilgan), avgust oyida esa 43,1 daraja (1944 yilda)ni tashkil etadi. Respublikaning chekka janubida, Termizda iyul oyida eng yuqori harorat 48,6 daraja (1914 yilda), avgust oyida esa 46,3 daraja (1947 yilda) bo‘lgan.
Lekin markaziy hududlarda 42-43 darajagacha, janubda 45-46 darajagacha bo‘lgan juda yuqori harorat qiymatlari har yili ham kuzatilmaydi. Avgust oyida tez-tez 1-3 kun 39 darajadan 41 darajagacha, janubda 42-43 darajagacha bo‘lgan harorat kuzatiladi.
“Avgust — O‘zbekistonda eng quruq oy deb hisoblanadi. Avgust oyida yomg‘ir juda kam – hududning aksariyat qismida o‘rtacha 1 kundan 3 kungacha biroz yog‘adi. Biroq, ushbu quruq oy davomida ayrim joylarda sezilarli jadallikdagi jala yomg‘irlar kuzatilishi istisnodan holi emas” – deyiladi xabarda.
Shunday qilib, 2020-yil 26-avgustda O‘zbekistonning markaziy hududlarida yog‘ingarchilik miqdori 10-34 mm bo‘lgan kuchli jala yomg‘irlar yog‘ib o‘tgan. Shu kuni Toshkentda yog‘ingarchilik 17 mm bo‘lgan - bu avgust oyidagi kecha-kunduzlik yog‘ingarchilik miqdori bo‘yicha absolyut rekorddir.
Yangiliklar lentasi
0