Bu yil abituriyentlar eng ko‘p qaysi OTMga hujjat topshirishdi

© SputnikSdacha vstupitelnix ekzamenov na stadione "Bunyodkor"
Sdacha vstupitelnix ekzamenov na stadione Bunyodkor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2022
Obuna bo‘lish
Abituriyentlar eng ko‘p tanlangan oliy ta’lim muassasalari ma’lum qilindi.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. O‘zbekistonda OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan test sinovlarida 1 146 744 nafar abituriyent ishtirok etadi. Abituriyentlar eng ko‘p O‘zbekiston milliy universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetini tanlashgan. Bu haqida AOKAda bo‘lib o‘tayotgan DTM mutasaddilari ishtirokidagi anjumanda ma’lum qilindi.
2022-2023 o‘quv yili uchun ro‘yxatga olingan abituriyentlar soni:
Kunduzgi ta’lim shakli — 585 669 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 528 839 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 25 369 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 6 867 nafar.
Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlangan oliy ta’lim muassasalari:
O‘zbekiston milliy universiteti — 41 577 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti — 40 523 nafar;
Namangan davlat universiteti — 37 267 nafar;
Urganch davlat universiteti — 37 091 nafar;
Jizzax davlat pedagogika instituti — 35 706 nafar.
Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):
Qashqadaryo viloyati — 133 987 nafar;
Samarqand viloyati — 125 717 nafar;
Toshkent viloyati — 107 923 nafar;
Farg‘ona viloyati — 104 201 nafar;
Surxondaryo viloyati — 101 417 nafar.
Eslatib o‘tamiz, abituriyentlarni ro‘yxatga olish 27-iyulga qadar amalga oshirildi.
28 iyul kuni esa DTM my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, lekin to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat berdi.
Yangiliklar lentasi
0