Afg‘oniston O‘zbekistonga elektr energiyasi uchun qarzini to‘ladi

© Sputnik / Andrey Sorokin / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedach v moroz, arxivnoe foto
Linii elektroperedach v moroz, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2022
Obuna bo‘lish
2021 yil uchun Afg‘onistonning O‘zbekistondan elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorligi mavjud emas.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. O‘zbekiston 2021-yilda Afg‘onistonga 2 151,3 mln kVt.soat elektr energiyasi yetkazib bergan bo‘lib,“Da Afghanistan Breshna Sherkat” energetika kompaniyasi tomonidan to‘lovlar to‘liq amalga oshirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2021-yil uchun Afg‘onistonning O‘zbekistondan elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorligi mavjud emas.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va DABS kompaniyasi o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra, O‘zbekiston joriy yilda Afg‘onistonga 2 210,0 mln kVt.soat elektr energiyasi yetkazib berishi belgilangan. Yanvar-iyun oylarida qo‘shni mamlakatning elektr energiyasiga bo‘lgan talab va ehtiyojidan kelib chiqqan holda 770,2 mln kVt.soat elektr energiyasi yetkazib berilgan.
“Bugungi kunda yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlar kompaniya tomonidan doimiy ravishda amalga oshirilmoqda. Yozgi mavsumda Afg‘oniston Tojikiston energetika tizimiga ulanishi sababli joriy yil 14-apreldan O‘zbekistondan elektr energiyasini qabul qilish to‘xtagan”, - deyiladi xabarda.
“2009 yilda ikkita 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining qurilishi yakunlanib, ishga tushirilganidan so‘ng, Afg‘onistonga 430 MVtgacha quvvatda elektr energiyasi yetkazib berilmoqda”, - deya qo‘shimcha qildi vazirlik.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2002-yildan boshlab Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib bermoqda. Dastlabki yillarda 10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining texnologik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda “Da Aghanistan Breshna Sherkat” (DABS) kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha elektr energiyasi yetkazib berilgan.
Yangiliklar lentasi
0