Rossiya

Rossiyada Ukrainaning “Azov”* polki terrorchilik tashkiloti deb topildi

© Sputnik / Alexandr Maksimenko / Mediabankka oʻtishBoytsы batalona “Azov” prinimayut prisyagu na vernost Ukraine na Sofiyskoy ploщadi v Kiyeve pered otpravkoy na Donbass
Boytsы batalona “Azov” prinimayut prisyagu na vernost Ukraine na Sofiyskoy ploщadi v Kiyeve pered otpravkoy na Donbass - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya Oliy sudi Ukrainaning “Azov” polki terrorchilik tashkiloti deb topdi va uning faoliyatini Rossiyada taqiqladi.
TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Rossiya Oliy sudi Ukrainaning millatchi “Azov”* batalonini terrorchilik tashkiloti deb topdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Bosh prokurorning maʼmuriy daʼvosi qanoatlantirilsin, Ukrainaning “Azov”* harbiy boʻlinmasi terrorchilik tashkiloti deb topilsin va uning faoliyati Rossiya Federatsiyasi hududida taqiqlansin”, - deya oʻz qarorini oʻqib eshittirdi sudya.
Sudya qaror zudlik bilan ijro etilishi zarurligini taʼkidladi.
Rossiya Jinoyat kodeksida terrorchilik tashkiloti tashkilotchilari uchun 15 yildan 20 yilgacha, uning aʼzolari uchun 5 yildan 10 yilgacha qamoq jazosi nazarda tutilgan. Shu bilan birga, tergov harakatlari boshlangunga qadar yoki qoʻlga olingunga qadar bunday tashkilotlarni oʻz ixtiyori bilan tark etganlar javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0