Bangkok Putinning OTIH sammitida ishtirok etishini intiqlik bilan kutapti – Tailand elchisi

© Sputnik / Mixail MetselPrezident RF Vladimir Putin, arxivnoe foto
Prezident RF Vladimir Putin, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2022
Obuna bo‘lish
Putinning Tailandga tashrifi mamlakatlar bu yil nishonlayotgan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 125-yilligi doirasidagi unutilmas voqea bo‘ladi.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Tailand Rossiya prezidenti Vladimir Putinning shu yilning noyabr oyida Bangkokda bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida ishtirok etishini intiqlik bilan kutmoqda, tez orada rasmiy taklif yuboriladi. Bu haqda Tailand Qirolligining Rossiyadagi elchisi Sasivat Vongsinsavat RIA Novostiga ma’lum qildi.
“2003 yilda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Tailandda bo‘lib o‘tgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida ishtirok etgan edi. Mana, oradan 19-yil o‘tib, uni yana o‘tkazish vaqti keldi. Biz prezident Putinning yana sammitga kelishini intiqlik bilan kutamiz. Bosh vazirimiz rahbarlarni taklif qilish bo‘yicha tegishli ishlarni tashkil etgan, ishonchim komilki, tez orada rasmiy taklif yuboriladi. Biz prezident Putinni Tailandda yana intiqlik bilan kutmoqdamiz”, dedi Vongsinsavat.
Elchining qo‘shimcha qilishicha, Putinning Tailandga tashrifi mamlakatlar bu yil nishonlayotgan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 125-yilligi doirasidagi unutilmas voqea bo‘ladi.
Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti 2022-yil noyabr oyida Bangkokda bo‘lib o‘tadi. Bu yil forumga Tailand raislik qilmoqda. 2023-yilda raislik AQShga o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0