Dunyoda

Hindistonda maymun chechagidan ilk oʻlim qayd etildi

© AP PhotoRuki patsiyenta s obezyanyey ospoy. Arxivnoye foto
Ruki patsiyenta s obezyanyey ospoy. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
22 yoshli hindistonlik xorijda boʻlgan vaqti maymun chechagi infektsiyasini yuqtirib olgan
TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Hindistonda maymun chechagi uchun topshirgan testi musbat chiqqan erkak shifoxonada vafot etdi. Bu haqida “Indian Express” gazetasi mamlakat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Kerala Vinu Jorjga tayanib, xabar berdi. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirdi.
Rasmiyga koʻra, 22 yoshli erkak shanba kuni Birlashgan Arab Amirliklaridan qaytgach vafot etgan. U xorijda boʻlgan vaqti maymun chechagi infektsiyasini yuqtirib olgan.

“Yigitda maymun chechagi alomatlari yoʻq edi. Uni entsefalit belgilari bilan shifoxonaga yotqizilgandi... Oʻlim sabablari tekshiriladi... chunki maymun chechagidan oʻlim darajasi juda past”,- deya qoʻshimcha qildi Jorj.

Erkak maymun chechagi qurbonlarini dafn qilish qoidalariga muvofiq dafn etilgan. U ilgari aloqada boʻlgan odamlar kuzatuvga olingan.
Hindistonda maymun chechagi infektsiyasining kamida toʻrtta holati qayd etilgan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga koʻra, may oyi boshidan beri Afrikadan tashqarida 18 000 dan ortiq kasallanish holati qayd etilgan, ularning aksariyati Yevropada kuzatilgan. Maymun chechagi bilan bogʻliq Afrika qitʼasidan tashqarida kamida uchta oʻlim holati tasdiqlangan: ikkitasi Ispaniyada va bittasi Braziliyada. Hindistonda qayd etilgan holat toʻrtinchi va Osiyoda birinchisidir.
23 iyul kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tez tarqaladigan maymun chechagi epidemiyasini global sogʻliqni saqlash uchun favqulodda holat deb eʼlon qildi. 25 iyul holatiga koʻra, 75 ta davlat va hududda 16 mingdan ortiq infektsiya holati qayd etilgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda maymun chechagi kasalligi qayd etilmagan. Kasallikning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida “Maymun chechagi uslubiy qoʻllanmasi” loyihasi tayyorlangan. Respublika chegara-bojxona postlarida sanitariya-karantin punktlarining ish faoliyati kuchaytirilgan.
Yangiliklar lentasi
0