NATOning Serbiyadagi maxsus operatsiyasi sentabrgacha qoldirildi

© Sputnik / Aleksey VitviskiyTribuna v zale dlya press-konferensiy shtab-kvartiri NATO.
Tribuna v zale dlya press-konferensiy shtab-kvartiri NATO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2022
Obuna bo‘lish
Serbiya va tan olinmagan Kosovo Respublikasi 31-iyuldan 1-avgustga o‘tar kechasi KFOR (NATO boshlichiligidagi xalqaro missiya) kuchlari ishtirokida qurolli to‘qnashuv yoqasida qoldi.
Bolqonda inson qo‘li bilan yaratilgan inqiroz faqat amerikaliklar uchun foydali. Afg‘oniston, Ukraina va Xitoy oroli tumani Tayvandagi geosiyosiy muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng Qo‘shma Shtatlar “dunyoviy gegemon” statusini hech bo‘lmasa atlantikachilar Rossiyaning Yevropadagi troya oti deb hisoblovchi Serbiya hisobiga bo‘lsa ham ko‘rsatib qo‘ymoqchi. Biroq, NATO bo‘yicha ittifoqchilar 1999-yildagi Belgrad otishmalarini takrorlashga tayyor emas, tan olinmagan Kosovoning “erkinligi va mustaqilligi” sabab serb aviatsiyasi va artilleriyasidan halok bo‘lish niyati yo‘q.
Serbiya va tan olinmagan Kosovo Respublikasi 31-iyuldan 1-avgustga o‘tar kechasi KFOR kuchlari (NATO boshchiligidagi xalqaro missiya) ishtirokida qurolli to‘ynashuvlar yoqasida qoldi. Prishtindagi hukumat 1-avgustdan mintaqa hududida serb hujjatlari va avtomobil raqamlarini bekor qilishini e’lon qildi. Kosovo-alban politsiyasi Serbiyaning markaziy qismiga olib boruvchi ikkita nazorat-o‘tkazuv punktini to‘sib qo‘ydi.
Bu Kosovoning shimoliy qismida yashovchi serblarning g‘azabini keltirdi- ommaviy barrikadalarni qurish boshlandi. Prishtina Serbiya bilan ma’muriy liniya Mitrovitsaga qariyb 1000 spesnaz-albanlarni joylashtirdi. Belgrad Kosovoga armiya qismlarini kiritmadi, ammo baribir MiG-29 qiruvchilari va Mi-35 vertoletlari bir necha soat mintaqaning ma’muriy chegaralari osmonida zarba berishga shay holda turdi.
Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlik Serbiyaga so‘nggi yillarda mudofaa salohiyatini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. Belgrad Moskvadan sovg‘a sifatida oltita MiG-29va o‘nta BRDM-2MS bronetransporterlar oldi, shuningdek, yettita Mi-17 va Mi-35 vertoletlari, o‘ttizta T-72MS modernizatsiyalangan tanklar, o‘ttizta BRDM-2 zirhli mashinalar hamda oltita “Pansir-S1” raketa-pushka komplekslariga ega bo‘ldi.
2022-yil kuzida “harbiy-texnik yordam va harbiy hamkorlik masalalarini qo‘llab-quvvatlash va tezkorlik bilan hal etish uchun” Rossiya Mudofaa vazirligining Serbiyada vakolatxonasini ochish to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Rossiya tan olinmagan Kosovo atrofidagi vaziyatda Serbiyani qo‘llab-quvvatlaydi. Moskva mintaqa rasmiylarining u yerda yashovchi serblarga qo‘ygan talablari asossiz ekanini ta’kidlaydi.
Kosovoda bo‘layotgan voqealar etnik tozalashning “yumshoq shakli” ga o‘xshaydi- serblarni siqib, ular o‘z mamlakatining yuragi deb hisoblaydigan o‘lka hududidan haydab chiqarishmoqchi.

KFOR ning buzg‘unchi roli

Bolqondagi Serbiyaning Qurolli kuchlari mustahkam- Global Firepower harbiy qudrat bo‘yicha xalqaro reytingda g‘arblik tahlilchilar uni 61 o‘ringa munosib ko‘rishgan. Tushunish uchun: bu ko‘p sonli qurolli kuchlardan bir necha pog‘ona yuqori, masalan, Ozarbayjon va Qozog‘istondan.
Serbiya armiyasining jangovar safida 25 mingdan ortiq harbiy, 117 samolet va vertolet, 323 ta tank, 1 133 boshqa bronetexnika, 406 ta raketa o‘rnatmalari (RSZO), qariyb 497 artilleriya qurollari bor. Serbiyaning dengizga chiqish yo‘li yo‘q, ammo Dunayda oltita patrul kemasi, to‘rtta mina qo‘riqlash kemasi va ikkita ponton batalonidan iborat daryo flotiliyasi ishlaydi. O‘z mamlakati hududida tartib o‘rnatish va kosovolik jangarilarning sonini sezilarli qisqartirish uchun Belgrad yetarlicha harbiy kuchga ega. Biroq, Prishtina tomonida kollektiv G‘arb turibdi (albanlar va serblar o‘rtasida asrlar davomida bo‘layotgan mojarolarning boshqa tomonlar tufayli alanga olgani birinchi marotaba emas).
NATO boshchiligidagi KFOR xalqaro missiyasi (BMT xavfsizlik Kengashining 1999-yil 1244 sonli rezolyutsiyasi asosida) juda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgani yo‘q. Deklaratsiya qiladi, biroq Kosovoda “tinch sharoit va barcha elatlarning bemalol harakatlanishi”ni ta’minlab bera olmaydi.
KFOR kontingenti bugungi kunda NATOga a’zo 28 ta davlat va ularning hamkorlaridan 3775 nafar harbiy xizmatchi, jumladan, Armaniston va Ukrainadan - har biri 40 nafar harbiy xizmatchi, Moldovadan - 41, Ruminiyadan - 62, Latviyadan - 136, Polshadan - 247, Vengriyadan - 469 nafar jangchidan iborat. Kuchlar katta emas, biroq NATO tinchlikparvarlari tarixda hali biror missiyasini tinchlik bilan yakunlagani yo‘q, qo‘shinlar miqdori va yilidan qat’iy nazar.
NATO bosh kotibi o‘rinbosari Mircha Joane va Shimoliy Atlantka kengashi 7-iyul kuni serblarga harbiy blokning yangi strategik konsepsiyasini va G‘arbiy Bolqon mintaqasining strategik ahamiyatini eslatish maqsadida Kosovodagi KFOR missiyasi, NATO maslahat guruhi va aloqa guruhiga tashrif buyurdi. 31-iyul kuni mintaqada vaziyatning yomonlashuvi esa AQSh va NATO “g‘amxo‘rligi”ning natijasi sifatida ko‘rinadi. Amerikaliklar bu yerda xavfsiz gegemonlik qilish mumkin deb o‘ylaydi.
G‘arbning Kosovo voqealaridan foydalanib Serbiyaga kollektiv bosimi – Belgradning Rossiyaga qo‘llagan sanksiyalarini tan olmaganini bekor qilishga urinishdir. Avvalroq, Germaniya kansleri Olaf Shols Prishtina tashrifi chog‘ida Serbiyani “Kosovo mustaqilligini tan olish borasida pragmatik bo‘lishga” chorlagan, chunki busiz mamlakat YeIga kira olmaydi.
Boshqa tomondan, NATOning Belgradga ko‘rsatayotgan 1990-yillar uslubidagi jim tahdidlari eng murakkab harbiy-siyosiy muammolar, AQShning “Ukraina loyihasi”ning notinchligi bilan o‘ralgan butun Yevropa uchun juda xavflidir. NATOning Yevropadagi mamlakatlari Bolqondagi harbiy harakatlarga tayyor emas. Moskva mahalliy serblarning shaxsiy hujjatlari va avtomobil raqamlarini majburiy almashtirish borasidagi asoslanmagan diskriminatsion “qoidalar” qo‘llanilishini- serb aholisini radikallar qo‘lidan himoya qilishni ta’minlashi kerak bo‘lgan davlat institutlarining siqib chiqarilishi deb hisoblaydi.
Rossiya va yana bir qator mamlakatlarning qo‘llab-quvvatlovi Yevroittifoqning “to‘g‘ri reaksiyasi” bir qancha muddatga bo‘lsa ham Kosovo inqirozini to‘xtatishga yordam berdi. Ammo baribir, tan olinmagan Kosovo Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan serb hujjatlariga ega aholi 1-sentabrdan chiqish va kirish uchun (avtomobil egalari esa mashina raqamlarini- Kosovo raqamlariga almashtirish) maxsus ruxsatnoma olishni qo‘llash- muammoning yechimi emas. Tan olinmagan Kosovo hududida NATO (KFOR) kuchlarining borligi harbiy mojaroning yana sodir bo‘lishini kafolatlaydi.
Yangiliklar lentasi
0