Dunyoda

Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi bugun amalga oshadi - OAV

© AFP 2022 / Drew Angerer/Getty Images Spiker Palatы predstaviteley Nensi Pelosi v Vashingtone
Spiker Palatы predstaviteley Nensi Pelosi v Vashingtone  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Xitoy Xalq Respublikasi AQSH senatorining ushbu tashrifini keskin qoramoqda.
TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. AQSH Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga bugun, 2 avgust kuni soat 21:00 dan 22:00 gacha (Toshkent vaqti bilan 18:00-19:00) yetib boradi. Bu haqda Tayvanning “China Times” gazetasi yozgan.
Avvalroq Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga asoslanib, Pelosi Tayvanga tashrif buyurgan taqdirda Xitoy qoʻshinlari “qoʻl qovushtirib oʻtirmasligi” xabar qilingandi.
31 iyul kuni Pelosi AQSH kongressmenlari delegatsiyasi tarkibida Osiyo boʻylab safarini boshladi. Siyosatchi saytida xabar qilinganidek, ular toʻrtta davlatga - Singapur, Malayziya, Janubiy Koreya va Yaponiyaga tashrif buyurishadi. Vashington ushbu “ittifoqchilar va doʻstlar” bilan “tinchlik va xavfsizlik, iqtisodiy oʻsish va savdo, COVID-19 pandemiyasi, iqlim inqirozi, inson huquqlari va demokratik boshqaruv” bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilmoqchi.
Aytish joizki, Xitoy Xalq Respublikasi AQSH senatorining ushbu tashrifini keskin qoralamoqda. XXR raisi Si Tszinpin aytishiga koʻra, AQSH separatistik maqsadlarda "Tayvan mustaqilligi" mavzusini ataylab koʻtarib chiqmoqda.
“Biz ayirmachilik va “Tayvan mustaqilligi”, shuningdek, tashqi kuchlarning aralashuviga qatʼiy qarshimiz. Xalq irodasiga qarshi bora olmaysiz, olov bilan oʻynashgan odam oʻzini yoqib yuboradi”, degan edi Si Tszinpin Baydenga 28 iyul kuni boʻlib oʻtgan telefon suhbati chogʻida.
Yangiliklar lentasi
0