Norov O‘zbekiston manfaatdor bo‘lgan transport yo‘laklari haqida gapirdi

© Sputnik / Zafar XalilovVladimir Norov
Vladimir Norov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2022
Obuna bo‘lish
"Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar" temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Toshkent shahrida "O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya" muloqot formatining birinchi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Unda nutq so‘zlagan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov O‘zbekiston manfaatdor bo‘lgan transport yo‘laklariga to‘xtalib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjonning mintaqalararo transport yo‘laklarini rivojlantirishga intilishi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Norov O‘zbekiston uchun Boku-Tbilisi-Kars temir yo‘lining tranzit salohiyatidan foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Mamlakat "Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" temir yo‘l qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish ustida faol ish olib bormoqda.
Ta’kidlanishicha, "Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" temir yo‘l koridorini Trans-Kavkaz yo‘lagi bilan bog‘lash mamlakatlar o‘rtasida yagona transport tarmog‘ini yaratadi va Xitoydan Yevropaga savdo geografiyasini kengaytiradi. Shuning uchun O‘zbekiston Osiyodan Yevropaga eng qisqa quruqlik yo‘lini ta’minlaydigan Zangezur koridorini tiklashdan manfaatdor.
Norov "Tolibon"* harakati vakillari "Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar" temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish Afg‘onistonni tiklash uchun muhim strategik ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etganini ta’kidladi.
“Ushbu loyihani amalga oshirish Markaziy Osiyo orqali eng yirik subregionlar o‘rtasida yuklarni tashish muddati va narxini sezilarli darajada kamaytiradi hamda mamlakatlarimizga umumiy aholisi 1,9 milliard va yalpi ichki mahsuloti $3,5 trillion bo‘lgan Janubiy Osiyoning istiqbolli bozorlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish uchun noyob imkoniyat yaratadi”, - dedi vazir.
O‘z mintaqalarida o‘tkazish nuqtalari bo‘lib kelgan O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya faqat "tranzit punktlari" funksiyasi bilan cheklanib qolmasdan, mavjud transport yo‘nalishlari bo‘ylab ishlab chiqarish, logistika va savdo punktlarini tashkil etish orqali iqtisodiy yo‘laklarni shakllantirishlari kerak.
Bu yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish va tashqi bozorlarga yetkazib berishga imkon beradi.
*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.
Eslatib o‘tamiz, "Rossiya temir yo‘llari" O‘zbekiston bilan birgalikda "Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar" termir yo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga tayyorligini bildirgan.
Yangiliklar lentasi
0