O‘zbekiston taekvondoni qanday rivojlantiradi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishSorevnovaniya sredi mujchin po txekvondo
Sorevnovaniya sredi mujchin po txekvondo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2022
Obuna bo‘lish
Prezident qarori bilan 2022-2024 yillarda taekvondoni (WT) rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Taekvondo (WT) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.

Unga muvofiq quyidagilar 2022-2024 yillarda taekvondoni (WT) rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
taekvondoni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, professional sportchilarni saralash hamda tayyorlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ko‘p bolali oilalar farzandlarining taekvondo bilan shug‘ullanishi uchun hududlarda "Taekvondo (WT) hamma uchun" dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida taekvondo bo‘yicha darsdan tashqari alohida sport seksiyalarini tashkil etish, o‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi va talabalari uchun taekvondo bo‘yicha fakultativ mashg‘ulotlarni joriy etish va taekvondo klublarini tuzish;
taekvondo bo‘yicha xalqaro talablarga muvofiq zamonaviy sport majmualarini qurish, mavjud sport majmualarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan ta’minlash;
hududiy terma jamoalarning asosiy tayyorgarlik markazlari sifatida
Qoraqalpog‘istonda, viloyatlar va Toshkent shahrida yengil konstruksiya asosida quriladigan markazlar tashkil etish;
taekvondoni o‘qitishning zamonaviy metodikalariga asoslangan ilmiy-uslubiy va o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlash hamda tibbiy xizmatni rivojlantirish va boshqalar.
Hujjat bilan Taekvondo (WT) sport turini 2022-2024 yillarda kengroq rivojlantirish dasturi va Taekvondo sport turini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
2023 yildan boshlab har yili an’anaviy tarzda respublikaning barcha hududlarida 4-sentabr - Butunjahon taekvondo kuniga bag‘ishlangan taekvondo festivali,taekvondo va parataekvondo bo‘yicha "G2" darajasidagi nufuzli "Uzbekistan Open" xalqaro turniri o‘tkaziladi.
Qolaversa, taekvondo bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari, shuningdek, o‘rta-maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining o‘quvchi va talabalari o‘rtasida "Vazir kubogi" musobaqalari o‘tkaziladi.
O‘zbekiston taekvondo akademiyasi tashkil etiladi. Uning binosi 2023-yil 1-sentabrga qadar innovatsion texnologiyalarga asoslangan holda qurib bitkazilishi kerak.
Taekvondo, shu jumladan, parataekvondo (WT) bo‘yicha sportchilar, trenerlar, trener-seleksionerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarning kasbiy mahorati va malakasini oshirish, professional, yuqori malakali sportchilar, trenerlar, trener-seleksionerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni xalqaro talablar asosida tayyorlashga ko‘maklashish akademiyaning asosiy vazifalaridan biri.
Laylo Hasanova Bolgariyadagi JChda eng yaxshi taekvondochi deb topildi
Yangiliklar lentasi
0