Jamiyat

Oʻzbekistonda talabalar uchun 60 ta turar joy quriladi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka oʻtishStroitelstvo jilogo doma
Stroitelstvo jilogo doma - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
1 avgust holatiga davlat xususiy sheriklik asosida 20 800 oʻrinli 39 ta loyiha ustida ish olib borildi.
TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Hozirda Respublika boʻyicha jami 30 890 oʻrinli 60 ta talabalar turar joyini qurish loyihalari amalga oshirilmoqda. Bu haqida AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Moʻmin Ibodov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 1 avgust holatiga davlat xususiy sheriklik asosida 20 800 oʻrinli 39 ta loyiha ustida ish olib borildi. Shundan, Samarqand davlat universitetida tadbirkorning toʻliq mablagʻlari hisobidan 350 oʻrinli yotoqxona foydalanishga topshirildi.
Davlat xususiy sherikliligi asosida boʻlgan yotoqxonalar qurilishi:
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklik agentligi tomonidan jami 4 800 oʻrinli 11 ta loyiha davlat reyestriga olingan.
Jami 3 000 oʻrinli 7 ta loyiha bitimi rasmiylashtirish jarayonida turibdi.
Toshkent shahridagi 1 ta 1 000 oʻrinli yotoqxona qurilishi loyihasi tender bosqichida.
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat xususiy sheriklik agentligi rasmiy sayti, taʼluqli vazirliklar hamda OTM rasmiy saytlarida 3 300 oʻrinli 5 ta loyiha 45 kunlik eʼlonga joylashtirilgan.
Davlat xususiy sheriklikdan tashqari boʻlgan yotoqxonalar qurilishi:
Davlat oliy taʼlim muassasasi va Davlat byudjeti mablagʻlari, OTMning toʻliq oʻz mablagʻlari hamda Investitsiya dasturi doirasidagi loyihalar doirasida jami 10 090 oʻrinli 21 ta yotoqxonalar qurilishi amalga oshirilmoqda.
Qoraqalpoq davlat universitetida 550 oʻrinli talabalar turar joyi universitetning toʻliq oʻz mablagʻi hisobidan qurib bitkazildi.
Respublikada jami 16 050 oʻrinli 30 ta loyihada qurilish ishlari olib borilmoqda.
Hozirda tadbirkorlardan yotoqxonalar qurishi uchun takliflar qabul qilish davom etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili talabalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida turar joylar qurilishi maʼlum qilingandi. Hukumat qarori bilan tadbirkorga tegishli yer yoki binoda kamida 50 oʻrinli turar joy tashkil etish tizimi joriy etish belgilangan.
Shuningdek, hududlarda 2022 yilda 47 ta, 2023 yilda 67 ta, 2024 yilda 62 ta, 2025 yilda 52 ta talabalar turar joylarining qurilishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0