Pelosining Tayvanga safari - Xitoy siyosiy qat’iyatining sinovi bo‘ladi - eronlik diplomat

© AP Photo / Andy WongFlagi SShA i Kitaya
Flagi SShA i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2022
Obuna bo‘lish
Shu paytgacha AQShning Tayvanga oid siyosatiga Xitoy faqat "bayonotlar va noroziliklar" shaklida reaksiya bildirayotgan edi. Rossiya Ukrainada maxsus operatsiya boshlaganidan so‘ng, Xitoy ham Tayvanga qarshi harbiy taktikadan foydalanishi mumkin.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Diplomat va Eronning Xitoydagi sobiq elchisi Seyyid Muhammad Husayn Malayik Nensi Pelosining Tayvanga safari birinchi navbatda AQShning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasi bilan bog‘liq, deb hisoblaydi.
“Ukrainadagi inqiroz va bu jabhada kuchlar muvozanatining taqsimlanishi AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya va Fransiya kabi yetakchi davlatlarning bir-biriga va dunyoning boshqa davlatlariga nisbatan siyosati va xatti-harakatlari yo‘nalishini belgilab beradi.
AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining bir necha oy oldin koronavirus tufayli qoldirilgan Sharqiy Osiyoga safari shu toifaga kiradi.
Xitoy avvalroq AQShning har qanday harakatiga, xoh u qurol savdosi, xoh rasmiy uchrashuvlar, xoh Tayvanning siyosiy mustaqilligiga qandaydir tarzda ahamiyat berishi mumkin bo‘lgan kelishuvlarga munosabat bildirgan. Shu paytgacha Xitoyning bu reaksiyalari faqat diplomatik edi: bayonotlar va noroziliklar shaklida”, dedi diplomat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada inqiroz boshlanganidan so‘ng, Xitoy (Rossiya kabi) Tayvanga qarshi (harbiy) taktikadan foydalanishi mumkin degan savol tug‘ildi. Shu bois, Xitoy-AQSh munosabatlarida ham siyosiy, ham harbiy jihatdan Tayvan masalasi muhimroq bo‘ldi.
“AQSh Xitoyga Ukraina inqirozi Xitoy dengizida takrorlanmasligi kerakligi haqida - ijrochi bo‘lmagan, ammo jiddiy darajada signal yuborishi muhim.
Xitoy uchun esa Amerika tomonini Tayvan masalasi uning kun tartibidan olib tashlanmagani haqida xabardor qilishi muhim.

Bu siyosatlar jamlanmasini quyidagicha umumlashtirish mumkin: Xitoyning reaksiyalari yanada aniq harbiy jihatga ega bo‘ladi, ya’ni Tayvan bo‘g‘ozidagi harbiy hujum manevrlari kuchayadi. Ammo bu Pelosi xonimning Tayvanga safarini bekor qilmaydi, garchi bu tashrif unchalik mazmunli bo‘lmasa ham va, ehtimol, juda qisqa bo‘lsa ham”, - degan diplomat.

Uning ta’kidlashicha, bu safar AQShning Xitoyga qarshi bosim va siyosatini qo‘llash imkoniyati hali ham borligini ko‘rsatadi.
“Eron Xitoy va Rossiyaning hamkorligi bilan dunyoda adolatli tizim o‘rnatilishi, dunyo davlatlari uchun yanada muvozanatli tuzilmalar yaratilishi va AQSh sanksiyalari qurollari siyosiy maydondan olib tashlanishiga umid qilmoqda.
Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi chog‘ida Xitoy va AQSh o‘rtasida harbiy to‘qnashuv bo‘lishini kutishning hojati yo‘q. Ammo Xitoy va Tayvan o‘rtasida kichik va cheklangan harbiy to‘qnashuv ehtimoli istisno etilmagan va bunday qarama-qarshilik sababi AQShning provokatsiyasi bo‘ladi”, - degan diplomat.
Aytish joizki, Xitoy Xalq Respublikasi AQSh senatorining ushbu tashrifini keskin qoralamoqda. XXR raisi Si Szinpin aytishiga ko‘ra, AQSh separatistik maqsadlarda "Tayvan mustaqilligi" mavzusini ataylab ko‘tarib chiqmoqda.
“Biz ayirmachilik va “Tayvan mustaqilligi”, shuningdek, tashqi kuchlarning aralashuviga qat’iy qarshimiz. Xalq irodasiga qarshi bora olmaysiz, olov bilan o‘ynashgan odam o‘zini yoqib yuboradi”, degan edi Si Szinpin Baydenga 28-iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon suhbati chog‘ida.
P/k po itogam vstrechi D. Baydena s  prezidentom Finlyandii i premyerom Shvetsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2022
Si Szinpin Baydenning "kulini ko‘kka sovurdi" – AS
Yangiliklar lentasi
0