Sport

Qizlar jamoasi Butunjahon shaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda

© Sportni rivojlantirish vazirligi Oʻzbekistonlik shaxmatchi qizlar Butunjahon shaxmat olimpiadasida gʻalaba qozonishdi
Oʻzbekistonlik shaxmatchi qizlar Butunjahon shaxmat olimpiadasida gʻalaba qozonishdi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Hindistonning Chennay shahrida boʻlib oʻtayotgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining toʻrtinchi kuni Oʻzbekiston qizlar jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi.
TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi durang, ayollar terma jamoasi esa gʻalaba qayd etdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Hindistonning Chennay shahrida boʻlib oʻtayotgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining toʻrtinchi kuni oʻz yakuniga yetdi.
Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi kuchli raqib AQSH terma jamoasi bilan bahs olib bordi.
Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi ustidan gʻalaba qozondi, Nodirbek Yoqubboyev, Jahongir Vohidov durang qayd etdi. Javohir Sindorov magʻlubiyatga uchradi.
© Sportni rivojlantirish vazirligi Oʻzbekistonlik shaxmatchi qizlar Butunjahon shaxmat olimpiadasida gʻalaba qozonishdi
Oʻzbekistonlik shaxmatchi qizlar Butunjahon shaxmat olimpiadasida gʻalaba qozonishdi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2022
Oʻzbekistonlik shaxmatchi qizlar Butunjahon shaxmat olimpiadasida gʻalaba qozonishdi
Shu tariqa, Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi kuchli raqib AQSH erkaklar jamoasi bilan 2:2 hisobda durang qayd etdi.
Qizlar esa Dominikan Respublikasini 3:1 hisobida magʻlub etdi. Nilufar Yoqubboyeva va Umida Omonova durang oʻynadi, Maftuna Bobomurodova va Marjona Malikova gʻalaba qozondi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi 1-turda Nepal, 2-turda Farer orollari va 3-turda Slovakiya terma jamoasini magʻlubiyatga uchratgan edi. Ayollar terma jamoasi 1-turda Gana terma jamoasi magʻlub etgan boʻlsa, 2-turda AQSH terma jamoasiga yutqazib qoʻygan, 3-turda esa Zambiya terma jamoasi ustidan ishonchli gʻalabani rasmiylashtirgan edi.
45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi 2024 yil Vengriya poytaxti Budapesht shahrida oʻtkaziladi. 2026 yil oʻtkaziladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun Oʻzbekiston ham daʼvogarlik qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0