Test sinovlari boshlanishining taxminiy sanasi aytildi

© SputnikSdacha vstupitelnix ekzamenov na stadione "Bunyodkor"
Sdacha vstupitelnix ekzamenov na stadione Bunyodkor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2022
Obuna bo‘lish
Test sinovlari 8-avgustdan boshlanishi va 2 smenda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Bu yilgi test sinovlari 8-avgustdan boshlanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan DTM mutasaddilari ishtirokidagi anjumanda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, test o‘tkazish vaqtlari oldingi yilgi tajribadan kelib chiqib, birinchi smena 07:00 dan 10:00 gacha, ikkinchi smenani 19:00 dan 22:00 gacha o‘tkazish kutilmoqda.

"Davlat komissiyasi tomonidan mazkur taklif tasdiqlansa, test sinovlari sanasi OAV va DMT saytida e’lon qilinadi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, DTM tomonidan 58 ta bino, stadion va xiyobon imtihon olishga tayyorlanmoqda.
O‘zbekistonda OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan test sinovlarida 1 146 744 nafar abituriyent ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0