Toshkentda “Matiz” urib yuborgan bola vafot etdi

© GUVD g. TashkentaV Tashkente voditel Matiz sbil rebonka
V Tashkente voditel Matiz sbil rebonka  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2022
Obuna bo‘lish
22 yoshli haydovchi Farobiy ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotganda yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketgan. Natijada yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki piyodani urub yuborgan.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Toshkentning Olmazor tumanida yo‘l-transport hodisa sodir bo‘ldi, buning natijasida voyaga yetmagan bola vafot etdi.
Poytaxt IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, YTH 30-iyul kuni taxminan soat 15:30 larda tumandagi Farobiy ko‘chasida ro‘y bergan. 22 yoshli “Matiz” haydovchisi A.Sh. ko‘cha bo‘ylab harakatlanayotganda yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketgan va 14-sonli oilaviy poliklinika qarshisida yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 1988-yilda tug‘ilgan T.N. va voyaga yetmagan 2017-yilda tug‘ilgan X.M.ni urib yuborgan.
Piyodalar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi shifoxonasiga yotqizilgan. Shifokorlarning urinishlariga qaramay, voyaga yetmagan X.M. shifoxonada vafot etgan.
Qamchiq dovonida “benzovoz” va “Damas” to‘qnashdi, qurbonlar bor
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi hibsga olingan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0