https://oz.sputniknews-uz.com/20220802/ukraina-himars-zarbasi-oldidan-aqsh-bilan-maslahatlashayotganini-aytdi-26761378.html
Ukraina HIMARS zarbasi oldidan AQSH bilan maslahatlashayotganini aytdi
Ukraina HIMARS zarbasi oldidan AQSH bilan maslahatlashayotganini aytdi
Ukraina harbiy razvedkasi vakili HIMARSraketa tizimi zarbasi oldidan AQSH bilan maslahatlashuvlar oʻtkazayotganini maʼlum qildi. 02.08.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-08-02T16:12+0500
2022-08-02T16:12+0500
2022-08-02T16:12+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
aqsh
razvedka xizmati
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/05/19/18899979_195:0:2062:1050_1920x0_80_0_0_4af42341f3757ee33787ad230e20e2c7.jpg
TOSHKENT, 2 avg - Sputnik. Amerikaning HIMARS raketa tizimi yordamida zarba berishdan oldin Kiyev mumkin boʻlgan nishonlarni Vashington bilan muvofiqlashtirmoqda, dedi Telegraph nashriga bergan intervyusida Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi vakili Vadim Skibitskiy.Uning soʻzlariga koʻra, bu tizimlardan foydalanishda ukrainaliklar “real vaqt rejimida olingan maʼlumotlar”ga asoslanadi. Uning taʼkidlashicha, amerikaliklar toʻgʻridan-toʻgʻri nishon koordinatalari haqidagi maʼlumotlarni bermaydilar.Skibitskiy Britaniya va Amerika sunʼiy yoʻldoshlari Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan oʻqqa tutish vaqtida foydalaniladimi yoki yoʻqmi, degan savolga javob bera olmadi, ammo ularda "juda yaxshi suratlar" borligini bildirdi."Biz Buyuk Britaniyadagi hamkorlarimiz bilan bu sohada yaxshi hamkorlik qilmoqdamiz. Bizga aloqador barcha razvedka idoralari bilan juda yaxshi aloqalarimiz bor", deb xulosa qildi Ukraina razvedkasi rasmiysi.Eslatib oʻtamiz, 24 fevralda Donbassni himoya qilish boʻyicha Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan soʻng AQSH va uning NATOdagi ittifoqchilari Ukrainaga harbiy texnika yetkazib berish hajmini oshirdi. AQSH prezidenti Jo Bayden Kiyev rejimiga qariyb 40 milliard dollar miqdorida harbiy, iqtisodiy va gumanitar yordam ajratish haqidagi qonun loyihasini imzoladi.Oʻtgan hafta Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon suhbatida, AQShning Ukrainaga yetkazib berayotgan harbiy taʼminoti faqat mojaroni choʻzishini, Kiyev rejimining iztiroblarini uzaytirishini va qurbonlar sonini koʻpaytirishini aytgan edi.
ukraina
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/05/19/18899979_428:0:1828:1050_1920x0_80_0_0_6b7c6df5be3e6ae8d34f1c4818a97039.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
ukraina, aqsh, razvedka xizmati
ukraina, aqsh, razvedka xizmati
Ukraina HIMARS zarbasi oldidan AQSH bilan maslahatlashayotganini aytdi
Ukraina harbiy razvedkasi vakili HIMARSraketa tizimi zarbasi oldidan AQSH bilan maslahatlashuvlar oʻtkazayotganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 2 avg - Sputnik. Amerikaning HIMARS raketa tizimi yordamida zarba berishdan oldin Kiyev mumkin boʻlgan nishonlarni Vashington bilan muvofiqlashtirmoqda, dedi Telegraph nashriga bergan
intervyusida Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi vakili Vadim Skibitskiy.
Uning soʻzlariga koʻra, bu tizimlardan foydalanishda ukrainaliklar “real vaqt rejimida olingan maʼlumotlar”ga asoslanadi. Uning taʼkidlashicha, amerikaliklar toʻgʻridan-toʻgʻri nishon koordinatalari haqidagi maʼlumotlarni bermaydilar.
“Skibitskiy.raketa uchirilishi arafasida har ikki davlatning razvedka xizmatlari vakillari oʻrtasida maslahatlashuvlar darajasi borligini taʼkidladi. Bu esa Vashingtonga, nishondan qoniqmagan taqdirdan, har qanday ehtimoliy hujumlarni toʻxtatish imkonini beradi", - deb yozadi gazeta razvedka xodimiga tayanib.
Skibitskiy Britaniya va Amerika sunʼiy yoʻldoshlari Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan oʻqqa tutish vaqtida foydalaniladimi yoki yoʻqmi, degan savolga javob bera olmadi, ammo ularda "juda yaxshi suratlar" borligini bildirdi.
"Biz Buyuk Britaniyadagi hamkorlarimiz bilan bu sohada yaxshi hamkorlik qilmoqdamiz. Bizga aloqador barcha razvedka idoralari bilan juda yaxshi aloqalarimiz bor", deb xulosa qildi Ukraina razvedkasi rasmiysi.
Eslatib oʻtamiz, 24 fevralda Donbassni himoya qilish boʻyicha Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan soʻng AQSH va uning NATOdagi ittifoqchilari Ukrainaga harbiy texnika yetkazib berish hajmini oshirdi. AQSH prezidenti Jo Bayden Kiyev rejimiga qariyb 40 milliard dollar miqdorida harbiy, iqtisodiy va gumanitar yordam ajratish haqidagi qonun loyihasini imzoladi.
Oʻtgan hafta Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon suhbatida, AQShning Ukrainaga yetkazib berayotgan harbiy taʼminoti faqat mojaroni choʻzishini, Kiyev rejimining iztiroblarini uzaytirishini va qurbonlar sonini koʻpaytirishini aytgan edi.