Vashington dunyoni beqarorlashtirayapti – Zaxarova

© Sputnik / Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishOfitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova
Ofitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2022
Obuna bo‘lish
Zaxarova Pelosining Tayvanga tashrifi atrofidagi vaziyat haqida: AQSh dunyoni beqarorlashtirmoqda.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga ehtimoliy tashrifi atrofidagi vaziyatni izohlar ekan, Vashington dunyoni beqarorlashtirayotganini aytdi.
“Vashington dunyoga beqarorlik keltirmoqda. So‘nggi o‘n yillikda birorta ham to‘qnash kelinmagan, lekin ko‘plab qo‘zg‘atilgan mojarolar”, deb yozdi u Telegram kanalida.
Pelosining Tayvanga kelish rejalari haqidagi xabarlar dunyo miqyosida e’tiborni kuchaytirmoqda.
AQSh Kongressi quyi palatasi spikerining 1997-yildan beri orolga ilk tashrifi Pekin noroziligiga qaramay amalga oshishi mumkin.
Aytish joizki, Xitoy Xalq Respublikasi AQSh senatorining ushbu tashrifini keskin qoralamoqda. XXR raisi Si Szinpin aytishiga ko‘ra, AQSh separatistik maqsadlarda "Tayvan mustaqilligi" mavzusini ataylab ko‘tarib chiqmoqda.
“Biz ayirmachilik va “Tayvan mustaqilligi”, shuningdek, tashqi kuchlarning aralashuviga qat’iy qarshimiz. Xalq irodasiga qarshi bora olmaysiz, olov bilan o‘ynashgan odam o‘zini yoqib yuboradi”, degan edi Si Szinpin Baydenga 28-iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon suhbati chog‘ida.

Mavzuga oid:

Pelosining Tayvanga tashrifi qanday jiddiy oqibatlarga olib keladi?
Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi bugun amalga oshadi - OAV
Yangiliklar lentasi
0