Vaziyat Sovuq urush davridagidan ancha yomonroq – Medvedev

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishZampred Soveta bezopasnosti RF D. Medvedev provel zasedanie mejvedomstvennoy komissii Sovbeza RF
Zampred Soveta bezopasnosti RF D. Medvedev provel zasedanie mejvedomstvennoy komissii Sovbeza RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2022
Obuna bo‘lish
Medvedev Baydenning “Sovuq urush davrida SSSR va AQSh xavfsizlik masalalarini muhokama qilgani hamda murosaga erishgan”i haqidagi so‘zlariga e’tibor qaratdi.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Hozir strategik xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat Sovuq urush davridagidan ancha yomonroq. Buning uchun Rossiya aybdor emas, dedi Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev.

"Hozir vaziyat sovuq urushdan ham yomonroq. Hatto undan ham battar! Buning uchun esa biz aybdor emasmiz", - deb yozdi u Telegram-kanalida.

Avvalroq, AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Rossiya Federatsiyasi bilan 2026-yilda muddati tugaydigan strategik yadro arsenllarini qisqartirish bo‘yicha shartnoma (SNV-3) o‘rnini bosadigan yangi qurollarni nazorat qilish tizimini zudlik bilan muhokama qilishga tayyorligini aytgandi.
Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Vashington taklifiga shubha bilan munosabat bildirdi.
“Bizga haqiqatan ham kerakmi? Dunyo o‘zgardi”, - deya xulosa qildi u.
Yadro urushida g‘olib bo‘lishi mumkin emas – Putin
Yangiliklar lentasi
0