Dunyoda

AQSH Tayvanni qoʻllashdan voz kechmaydi – Pelosi

© AP Photo / Taiwan Presidential OfficeSpiker Palatы predstaviteley SSHA Nensi Pelosi i prezident Tayvanya Tsay Inven vo vremya vstrechi
Spiker Palatы predstaviteley SSHA Nensi Pelosi  i prezident Tayvanya Tsay Inven vo vremya vstrechi  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Pelosining aytishicha, AQSH Tayvan bilan doʻstligidan faxrlanadi va uni qoʻllab-quvvatlashdan voz kechmaydi.
TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. AQSH Tayvan bilan mustahkam doʻstligidan faxrlanadi va orolni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻz majburiyatlaridan voz kechmaydi. Bu haqda AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvan ommaviy axborot vositalari orqali efirga uzatilgan uchrashuv chogʻida maʼlum qildi.

“Men juda faxrlanadigan delegatsiyamiz Tayvanga boʻlgan sadoqatimizdan voz kechmasligimizni, mustahkam doʻstligimizdan juda faxrlanayotganimizni ochiq aytish uchun Tayvanga keldim”, - dedi Pelosi orol maʼmuriyati rahbari Tsay Inven bilan uchrashuvda.

Maʼlumot oʻrnida, kecha, 2 avgust kuni AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Pelosi Taybey aeroportiga qoʻndi.
Aytish joizki, Xitoy Xalq Respublikasi AQSH senatorining ushbu tashrifini keskin qoralamoqda. XXR raisi Si Tszinpin aytishiga koʻra, AQSH separatistik maqsadlarda "Tayvan mustaqilligi" mavzusini ataylab koʻtarib chiqmoqda.
“Biz ayirmachilik va “Tayvan mustaqilligi”, shuningdek, tashqi kuchlarning aralashuviga qatʼiy qarshimiz. Xalq irodasiga qarshi bora olmaysiz, olov bilan oʻynashgan odam oʻzini yoqib yuboradi”, degan edi Si Tszinpin Baydenga 28 iyul kuni boʻlib oʻtgan telefon suhbati chogʻida.
Yangiliklar lentasi
0