Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestri yuritiladi

© Sputnik / Vitaliy BelousovDeti za kompyuterom
Deti za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2022
Obuna bo‘lish
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni inson omilisiz elektron tizim orqali tasodifiy tanlash tartibi joriy etiladi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekistonda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestri yuritiladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar "Davlat hisobidan yuridik yordam to‘g‘risida"gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilishdi.
Quyi palata matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qonun loyihasi bilan davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatishning tamoyillari, ushbu sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, fuqarolarning yuridik yordam olishga bo‘lgan huquqlari kafolatlari belgilanmoqda.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestrini yuritish va unga advokatlarni kiritishning ochiq va shaffof mexanizmlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etiladi. Bu bilan davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni inson omilisiz elektron tizim orqali tasodifiy tanlash mumkin bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, bu qonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini oshirish va malakali yuridik yordam olishga bo‘lgan kafolatlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, davlatning ushbu maqsadda ajratayotgan mablag‘lari sarflanishi ustidan samarali nazorat o‘rnatiladi.
Advokatura faoliyati raqamlashtiriladi
Yangiliklar lentasi
0