Dunyoda

Don ortilgan ilk kema Istanbulga yetib keldi

© AP Photo / David GoldmanSuxogruz Navi-Star s zernom v portu Odessы. Arxivnoye foto
Suxogruz Navi-Star s zernom v portu Odessы. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Don ortilgan "Razoni" yuk kemasi Qora dengizdan Bosfor boʻgʻoziga yetib keldi.
TOSHKENT, 3 avg — Sputnik. Dushanba kuni ertalab Odessa portidan yoʻlga chiqqan don ortilgan “Razoni” yuk kemasi seshanba kuni kechqurun Istanbulga yetib keldi. Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

“Don ortilgan "Razoni" yuk kemasi Qora dengizdan Bosfor boʻgʻoziga yetib keldi. U oʻziga ajratilgan joyga langar tashladi", - deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, kema bugun Qoʻshma muvofiqlashtirish markaziga aʼzo boʻlgan Turkiya, Rossiya, Ukraina va Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari tomonidan koʻzdan kechiriladi.
22 iyul kuni Istanbulda Rossiya mahsulotlarini eksportga yetkazib berishdagi cheklovlarni bekor qilish va Ukraina gʻallasini eksport qilishda Rossiya tomonidan yordam koʻrsatish boʻyicha koʻp tomonlama bitimlar imzolandi. Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan kelishuv Ukraina gʻallasi, oziq-ovqat va oʻgʻitlarini Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan Odessadan eksport qilishni nazarda tutadi.
Yangiliklar lentasi
0