Germaniyaning sobiq kansleri “Shimoliy oqim-2”ni ishga tushirishga chaqirdi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishSeremoniya nachala stroitelstva gazoprovoda "Severniy potok"
Seremoniya nachala stroitelstva gazoprovoda Severniy potok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2022
Obuna bo‘lish
Gerxard Shroder “Shimoliy oqim-2”ni ishga tushirish bilan Germaniya duch kelgan energetika inqirozini bartaraf etish mumkin deb hisoblaydi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Germaniya duch kelgan energiya ta’minotiga oid oddiy bo‘lmagan vaziyatda “Shimoliy oqim-2” gaz quvurini ishga tushirish yordam berishi mumkin. Germaniyaning sobiq kansleri Gerxard Shroder “Stern” nashriga bergan intervyusida shunday fikrni bildirdi.
Shroder gaz quvuri qurib bitkazilganini eslatdi va eng oddiy qaror “Shimoliy oqim-2”ni ishga tushirish bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini qayd etdi.
“Agar vaziyat yanada qiyinlashsa, bu gaz quvuri bor, va ikkita “Shimoliy oqim” (“Shimoliy oqim” va Shimoliy oqim-2) gaz quvurlari bilan nemis sanoati va uy xo‘jaliklari uchun yetkazib berishda muammo bo‘lmaydi”, - deya ta’kidladi Germaniyaning sobiq kansleri.
Avvalroq bundestagning energetika va iqlim masalalari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Klaus Ernst Germaniyani gaz bilan ta’minlash uchun “Shimoliy oqim-2”ni ishga tushirishga oid muzokaralarni boshlashga chaqirgan edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tehrondagi matbuot anjumanida Yevropaga gaz yetkazib berish hajmini oshirish uchun "Shimoliy oqim-2"ni ishga tushirishni taklif qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Shimoliy oqim - 2” ishga to‘liq tayyor, ammo uni sertifikatsiya qilishni Germaniya Rossiya Donbass aholisini himoya qilishga qaratilgan maxsus harbiy operatsiya boshlaganidan keyin to‘xtatib qo‘ygan.
Yangiliklar lentasi
0