Iqtisod

Yetti mingdan ortiq murojaat: Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan muloqotiga tayyorgarlikning borishi boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.
TOSHKENT, 3 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan muloqotiga tayyorgarlikning borishi boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.
2021 yil 20 avgust kuni davlat rahbari tadbirkorlar bilan ilk bor ochiq muloqot oʻtkazgan edi. Bu sana mamlakatda “Tadbirkorlar kuni” sifatida belgilanib, bunday uchrashuvlar anʼanaviy tarzda, har yili tashkil etiladigan boʻldi.
Bu yil ham mazkur muloqotga katta tayyorgarlik koʻrilmoqda. Tadbirkorlardan savol va takliflarni yigʻish boʻyicha respublika shtabi hamda “koll-markaz” tashkil etilgan. Unga bugungi kungacha 7 ming 200 dan ortiq taklif va murojaatlar kelib tushgan. Respublika shtabi aʼzolari ularda koʻtarilgan tizimli va xususiy masalalarni har kuni muhokama qilib bormoqda. Ularning aksariyati joyida hal etilmoqda.
Yigʻilishda davlatimiz rahbari sohadagi tizimli muammolarga alohida eʼtibor qaratdi.
Tahlillarga koʻra, xususiy mulk himoyasi, litsenziya va ruxsatnomalar olishdagi byurokratiya, tadbirkorlar uchun kredit, yer va bino ajratish, soliq maʼmurchiligi hamda infratuzilma masalalari dolzarb boʻlib turibdi. Yigʻilishda bu muammolarning sabablari va ularni hal etish choralari muhokama qilindi.
Davlat rahbari har bir murojaatni, ayniqsa, kichik va oʻrta biznesni qiynayotgan masalalarni alohida nazoratga olib, qonuniy va ijobiy yechim topish zarurligini taʼkidladi. Hududlarga chiqib, tadbirkorlarning muammo va takliflarini oʻrganish asosida biznes uchun sharoitlarni yaxshilash, tartib-taomillarni soddalashtirish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berdi.
Avgust oyi oʻrtasidan boshlab, joylarda vazirlar va hokimlar ishtirokida tadbirkorlar bilan muloqot haftaligi oʻtkazilishi belgilandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokidagi uchrashuv bu haftalikning yakuniy va asosiy voqeasi boʻladi”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0