Moskva viloyatida Ozon ombori yonmoqda - video

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishPojar na sklade OZON v Podmoskovye
Pojar na sklade OZON v Podmoskovye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2022
Obuna bo‘lish
Moskva viloyati Istra yaqinida Ozon ombori yonmoqda.
Moskva viloyatida Ozon ombori yonmoqda.
Istra yaqinidagi ombordagi yong‘in maydoni 50 ming kvadrat metrni tashkil etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 11 kishi jarohatlandi, 2 kishi kasalxonaga yotqizildi. Yong‘inga qisqa tutashuv sabab bo‘lishi mumkin.

Mingga yaqin xodim evakuatsiya qilindi.
Yong‘inni o‘chirish uchun aviatsiya jalb etildi. Ikkita Ka-32 vertoloti 20 ta suv tashladi. Bundan tashqari, Rossiya FVVning Mi-8 vertoloti shay holatga keltirildi.
Ozon kompaniyasi RIA Novostiga ma’lum qilishicha, yonayotgan omborda saqlangan tovarlar allaqachon internet-do‘kondan olib tashlangan, xaridorlarga pul qaytariladi, sotuvchilar esa tovon puli oladi.
Yangiliklar lentasi
0