Turizm

Moskvadagi "Sayohat qil!" forumida Oʻzbekiston nimalarni namoyish etadi?

© Sputnik / Alexey Filippov / Fotobankka oʻtishPamyatnik Vladimiru Leninu na VDNX v Moskve
Pamyatnik Vladimiru Leninu na VDNX v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"Sayohat qil" forumi doirasida Oʻzbekiston hunarmandlarining mahorat darslari va palov degustatsiyasi va sayyohlik manzillari taqdimoti boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 3 avg - Sputnik. Moskvadagi VDNX bogʻida 4 avgust kuni boʻlib oʻtadigan "Sayohat qil!" sayyohlik forumida Oʻzbekiston ham oʻz stendi bilan ishtirok etadi. Bu haqida Sputnik muxbiriga tadbir tashkilotchilariga xabar qilishdi.
Tadbir dasturiga koʻra, respublika stendi soat 13:00da rasman ochiladi. Oʻzbekiston "Sayohat qil!" forumining hamkori boʻlib, stend ochilishiga Turizm va madaniy meros vaziri oʻrinbosari Botirjon Shahriyerov va Oʻzbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov tashrif buyurishadi.
Forum doirasida 4 avgust kuni soat 13:30 da Oʻzbekiston stendi yonida palov degusatsiyasi boʻlib oʻtadi. Shu bilan birga, VDNX bogʻida tashrif buyuruvchilar oʻzbekistonlik sanʼatkorlarning chiqishlarini ham tomosha qilishlari mumkin boʻladi. 15:30da esa oʻzbek hunarmandlarining mahorat darslari boshlanadi.
"Sayohat qil!" forumi Moskvada 7 avgustga qadar davom etadi. Ushbu tadbir barcha xilma-xilligi bilan zamonaviy turizm sanoatiga bagʻishlangan. Bitta saytda Rossiya mintaqalarining imkoniyatlari namoyish etiladi - mashhur turistik marshrutlardan tortib mashhurlik kasb etayotgan noodatiy turistik formatlargacha: glamping, avtoturizm, gastronomik turlar va ekoturizm, taʼlim va tibbiy turizm va boshqalar.
Shuningdek, tadbir davomida hukumat va biznes vakillari, yetakchi ekspertlar va innovatsion raqamli xizmatlar yaratuvchilari sohani rivojlantirish boʻyicha gʻoyalarni muhokama qilmoqda. Tadbir mehmonlari uchun mahorat darslari oʻtkazilmoqda, Rossiya va xorijdagi sayyohlik yoʻnalishlari va kurortlari koʻrgazmasi oʻtkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0