Rossiya O‘zbekistondan qariyb 4 ming tonna o‘rik xarid qildi

© Pixabay / Couleurabrikos
abrikos - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘istonga 5 ming tonna o‘rik yetkazib berdi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy davlatlarga qiymati qariyb 5,8 mln dollarga teng bo‘lgan 5,7 ming tonna o‘rik eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘rik eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,1 ming tonnaga kamaygan.
2022 yilning olti oyida O‘zbekiston o‘riklarini eng ko‘p Rossiya (3,7 ming tonna) xarid qilgan. Shuningdek, Qozog‘iston 1,3 ming tonna, Qirg‘iziston 707 tonna o‘rikni O‘zbekistondan sotib olgan.
2022 yilning dastlabki olti oyida xorijga eng ko‘p o‘rik eksport qilgan hududlar:
· Farg‘ona viloyati – 2,9 ming tonna;
· Xorazm viloyati – 831 tonna;
· Toshkent viloyati – 393 tonna.
Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida pishib yetilgan o‘rik hosili kunlik terib olinib, har kuni 10 tonnadan ortiq mahsulot Rossiya va qo‘shni davlatlarga eksport qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0