Rossiya ShHT davlatlariga tranzit imkoniyatlarini taklif etishga tayyorligini bildirdi

© SputnikGubernator Chelyabinskoy oblasti Aleksey Teksler na Forume glav regionov ShOS v Tashkente
Gubernator Chelyabinskoy oblasti Aleksey Teksler na Forume glav regionov ShOS v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2022
Obuna bo‘lish
Chelyabinsk viloyati gubernatori logistika xablari uchun yagona axborot tizimini yaratishni taklif qildi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Rossiya ShHT mamlakatlariga Fors ko‘rfazi va Janubi-Sharqiy Osiyoga yuklarni yetkazib berish uchun tranzit imkoniyatlarini taqdim etishga tayyor. Bu haqida Chelyabinsk viloyati gubernatori Aleksey Teksler Toshkentda o‘tkazilayotgan ShHTga a’zo davlatlar Hududlari rahbarlarining forumida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
“Rossiya hududlari Fors ko‘rfazi, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari, birinchi navbatda, shu yilning sentabr oyida ShHTga a’zo bo‘ladigan Eronga yuklarni yetkazib berish bo‘yicha o‘z tranzit imkoniyatlarini taklif qilishga tayyor. Qolaversa, ShHT davlatlari, Hindiston va Pokistonga, shuningdek, teskari yo‘nalishda ham ”, - deydi gubernator.
Tekslerning so‘zlariga ko‘ra, bu, ayniqsa, g‘arbiy portlar mavjud bo‘lmagan paytda hamkorlikning muhim yo‘nalishidir.
Gubernator shuningdek, tashkilot hududida ushbu markazlardan foydalanish shartlari va tariflari haqidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi yagona logistika xablari portalini yaratishni taklif qildi.
Chelyabinsk viloyati bunday portal yaratish vazifasini o‘z zimmasiga olishga tayyor.
Gubernatorning qayd etishicha, yagona portal tadbirkorlar uchun ham kerak.
“Biz barcha forum ishtirokchilari o‘rtasida axborot almashinuvi uchun yagona shaklda hududlarning ehtiyoj va imkoniyatlarini, sanoat salohiyatini aks ettiruvchi axborot tizimini yaratishni taklif qilamiz. Bunday mexanizm tadbirkorlik subektlariga yangi hamkorlar topish, mamlakatlarimiz iqtisodiyotini rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoit yaratish imkonini beradi”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, mazkur forum doirasida Toshkentda Chelyabinsk viloyatining mintaqaviy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari shou-rumi ochiladi. Unda hududning milliy-madaniy xususiyatlari, sayyohlik va sarmoyaviy salohiyati bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratiladi.
Yangiliklar lentasi
0