Toshkentda ShHT Hududlar rahbarlarining forumi o‘z ishini boshladi

© SputnikForum glav regionov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva v Tashkente
Forum glav regionov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2022
Obuna bo‘lish
Tadbirda 50 dan ortiq spikerlar – ShHTning barcha sakkiz mamlakati delegatsiyalari rahbarlari so‘zga chiqadi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hududlari rahbarlarining forumi o‘z ishini boshladi. Bu haqida Sputnik muxbiri xabar berdi.
Forum savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hududlararo hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan.
Tadbirda 50 dan ortiq spikerlar – Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston hududlari rahbarlari hamda delegatsiya vakillari so‘zga chiqadi.
Bundan tashqari, ShHTga a’zo davlatlar hududlari va Toshkent shahridagi diplomatik vakolatxonalarining 150 dan ortiq vakillar hamda 50 dan ko‘proq tadbirkorlar ishtirok etadilar.
Forum dasturi yalpi majlis va 3 ta panel munozaralaridan iborat.
Ishbilarmon doiralari uchun biznes-forum, “V2V” uchrashuvlar va O‘zbekiston hududlariga sayohatlar tashkil etiladi.
Forum davomida bir qator bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0