Dunyoda

Xitoy nega Tayvanga hujum qilmadi?

© AFP 2022 / SAM YEHVoyennыy samolet SSHA so spikerom Palatы predstaviteley Nensi Pelosi na bortu gotovitsya prizemlitsya v aeroportu Sunshan v Taybeye 2 avgusta 2022 goda.
Voyennыy samolet SSHA so spikerom Palatы predstaviteley Nensi Pelosi na bortu gotovitsya prizemlitsya v aeroportu Sunshan v Taybeye 2 avgusta 2022 goda. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tayvan Xitoyga har yili 350 milliard dollarlik chip eksport qiladi. Buning natijasida Xitoy dunyodagi elektron jihozlar ishlab chiqarishning 35%ini ishlab chiqarishga muvaffaq boʻlmoqda.
TOSHKENT, 3 avg - Sputnik. Xitoyning barcha noroziliklariga qaramasdan Tayvanga tashrif buyurgan AQSH parlamenti spikerining tashrifidan soʻng, XXR nega Tayvanga hujum qilmadi?
Rossiyalik jurnalist Sergey Kolyasnikov bu haqida Russia Today nashri bilan oʻz mulohazalari bilan boʻlishishdi.
Pelosining Xitoyga populistik safari misolida biz yana bir bor AQSH yana bir bor oʻzini "geosiyosiy faol" koʻrstishga harakat qilayotganining guvohi boʻldik. "Gegemon" yana bir bor real siyosiy faoliyatni ommaviy axborot vositalaridagi tashviqot va vasvasa bilan almashtirdi.
Tashrifdan soʻng Bloomberg xursand: "Pekinning Pelosining kelishiga munosabati Xitoy xalqining umidlarini oqlamadi, bu Si Tszinpinga qoʻshimcha siyosiy bosim yaratdi", - deb yozadi Amerika nashri.
Xitoy va Tayvan oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlardan xabardor boʻlgan har bir kishiga ayon boʻlsada, agar Si Tszinpin harbiy mojaroga qaror qilsa, bu birinchi navbatda Xitoyga zarba beradi. Buni anglash uchun keling, raqamlarga qaraylik.
Taxminan 24 million aholiga ega boʻlgan Tayvandan 1,5 milliard Xitoyga boʻlgan import 2020 yilga kelib ham Yaponiya, ham Janubiy Koreya importini ortda qoldirdi. Hatto Tayvanning Xitoyga jami 200 milliard dollar sarmoyasi 2020 yilda 350 milliard dollarlik chip importi bilan solishtirganda hech narsa emas (oʻsha paytda Tayvanning TSMS kompaniyasining oʻzi jahon bozorining 50% dan ortigʻini egallagan).
Ushbu chiplar tufayli Xitoy elektronika sanoati 2020 yilda dunyodagi elektron qurilmalarning 35 foizini jamlashga muvaffaq boʻldi.
Tramp maʼmuriyati Xitoyga murakkab chiplar, shuningdek, chip ishlab chiqarish uskunalari va dizayn dasturlarini eksport qilishni cheklaganidan soʻng, aynan Tayvan chiplari ishlab chiqaruvchilari Xitoyning yarimoʻtkazgich sanoatini rivojlantirishga yordam bermoqda.
Asia Times maʼlumotlariga koʻra, tayvanlik muhandislarning 20 foizi yuqori maosh uchun materikda ishlamoqda va Xitoy chiplari zavodlarini qurmoqda. Hozirda Xitoy allaqachon 7nanometrli chiplarni ommaviy ishlab chiqargan va 5Nm li chiplar bilan tajriba oʻtkazmoqda.
Agar Xitoy kecha Pelosining samolyotiga raketa uchirganida edi, u birinchi navbatda Xitoyning oʻziga kelib tegardi va 1,5 milliard oʻz fuqarolarining farovonligini xavf ostiga qoʻygan boʻlardi. Qoʻshma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi bunday beparvolik qilishlari mumkin (Rossiya energiya manbalaridan voz kechish misoli), ammo Xitoy emas.
Bugungi kunda Xitoy sanoati Tayvanga qaramlikni tezda yoʻq qilmoqda. Vazifa bajarilganidan soʻng, orol qanday vaziyatda boʻlishini taxmin qilish oson. Pelosi uchun bir lahzalik gʻalabadan farqli oʻlaroq, bu Xitoy uchun global strategik gʻalaba boʻladi.
Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi

AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining samolyoti 2 avgust kuni Taypey aeroportiga qoʻndi. Bu Qoʻshma Shtatlar rasmiy vakilining 1997 yildan buyon ushbu orolga amalga oshirgan birinchi tashrifi boʻldi.

Xitoy Tayvanni oʻzining ajralmas qismi deb biladi va soʻnggi 50 yil davomida “hududiy yaxlitlik” siyosatini oʻtkazmoqda. Shu sababli XXR Taypey vakillari hamda xorijiy davlatlarning yuqori martabali amaldorlari va harbiylari oʻrtasidagi har qanday aloqaga doimo qarshi chiqib kelgan.

Xitoyning BMTdagi rasmiy vakili Chjan Tszyunga koʻra, xorijiy davlatlar tomonidan Xitoy va Tayvanning “hududiy yaxlitlik” tamoyilni mensimaslik – bu “qizil chiziq”dan oʻtishdir. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Pelosining ushbu safarini “provokatsiya” va boshqa “davlatlar huquq va manfaatlarini mensimaslik” deb atadi.

KengaytirishYigʻishtirish
Yangiliklar lentasi
0