Xitoy Tayvandan ayrim turdagi mahsulotlar importini to‘xtatdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishStrani mira. Kitay
Strani mira. Kitay  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2022
Obuna bo‘lish
Xitoy Tayvandan sitrus mevalari va ayrim turdagi muzlatilgan baliqlar importini to‘xtatdi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Bugun, 3-avgustdan boshlab Xitoy Tayvandan sitrus mevalari va ayrim turdagi muzlatilgan baliqlar importini to‘xtatdi. Bu haqda Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi xabar bergan.
“2022 yil 3-avgustdan Tayvandan sitrus mevalari va ikki turdagi baliqlarni materikga olib kirishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu qaror ushbu mahsulotlarda karantin zararkunandalari, shuningdek, SOVID-19 yaqinda takroran aniqlangani sababli qabul qilingan.
AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Pelosining samolyoti Taybey 2-avgust kuni Taybey aeroportiga qo‘ndi. Shundan so‘ng AQSh vakili orol rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi va undi "AQSh Tayvanni qo‘llashdan voz kechmasligini" ta’kidladi.
Xitoy Xalq Respublikasi AQSh senatorining ushbu tashrifini keskin qoralamoqda. XXR raisi Si Szinpin aytishiga ko‘ra, AQSh separatistik maqsadlarda "Tayvan mustaqilligi" mavzusini ataylab ko‘tarib chiqmoqda.
Yangiliklar lentasi
0