Siyosat

Xodjayev: hududlar bugungi kun chaqiriqlarini samarali hal eta oladi

© Sputnik / Zafar XalilovJamshid Xodjayev
Jamshid Xodjayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar Hududlari rahbarlarining forumi davom etmoqda.
TOSHKENT, 3 avg — Sputnik. Hududlar bugungi kun chaqiriqlarini samarali hal etishga qodir harakatlantiruvchi kuchdir. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Toshkentda oʻtkazilayotgan SHHTga aʼzo davlatlar Hududlari rahbarlarining forumida maʼlum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.

"Bugun beqarorlik, shiddat bilan oʻzgarib borayotgan dunyo tartibi, chaqiriq va sinovlar davri. Bu bizning oldimizga qator jiddiy vazifalarni qoʻymoqda. Ularni samarali hal eta oladigan harakatlantiruvchi kuch bu hududlar hisoblanadi", - deydi Xodjayev.

Uning soʻzlariga koʻra, 2021 yil oxirida Oʻzbekiston va SHHT davlatlari oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 20 mlrd dollardan oshgan. Joriy yilning birinchi yarmida esa yana 30 foizga oʻsdi.
Xodjayev, shuningdek, Oʻzbekiston SHHT uchun qishloq xoʻjaligi dasturini ishlab chiqishni taklif qilayotganini aytib oʻtdi.
"Joriy yil oxirigacha 2023-2025 yillarga moʻljallangan SHHTning qishloq xoʻjaligi qoʻshma dasturini ishlab chiqish va tasdiqlashni taklif qilamiz. Bu jarayonga mamlakatlarimizning tahlil markazlari jalb etilishi kerak", - deya qoʻshimcha qildi bosh vazir oʻrinbosari.
Eslatib oʻtamiz, Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Hududlari rahbarlarining forumi oʻz ishini boshladi. Ishbilarmon doiralari uchun biznes-forum, “V2V” uchrashuvlar va Oʻzbekiston hududlariga sayohatlar tashkil etiladi. Forum davomida bir qator bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0