“Amnesty International” Ukrainani xalqaro huquqni buzishda aybladi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishUkrainskiy voyenniy
Ukrainskiy voyenniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2022
Obuna bo‘lish
“Amnesty International”: Ukraina qurollarni shaharlarga joylashtirish orqali xalqaro qonunlarni buzmoqda.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Ukraina qo‘shinlari shaharlardagi maktab va shifoxonalarga qurol qo‘ygan holda tinch aholini xavf ostiga qo‘yib, xalqaro huquq normalari va harbiy qonunlarni buzmoqda. Bu haqda “Amnesty International” inson huquqlari tashkiloti hisobotida aytilgan.
“Ukraina kuchlari tinch aholiga xavf tug‘dirgan va aholi punktlarida harakat qilganda harbiy qonunlarni buzgan holatlarni hujjatlashtirdik. Mudofaa holatida bo‘lish ukrainalik harbiylarni xalqaro gumanitar qonunlarga rioya qilishdan ozod qilmaydi”, deydi tashkilot bosh kotibi Anyes Kalamar.
Hisobotga ko‘ra, Ukraina kuchlari “aholi gavjum hududlarda, jumladan, maktab va shifoxonalarda qurol tizimlaridan foydalangan holda tinch aholiga zarar yetkazmoqda”. Hisobotda qayd etilishicha, bu nafaqat harbiy qonunchilik, balki xalqaro gumanitar huquqqa ham ziddir.
“Amnesty International” - nohukumat tashkilotdir. Uning vazifasi inson huquqlarining qo‘pol buzilishining oldini olish va ularni yo‘q qilishga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkazish va choralar ko‘rishdir.
Yangiliklar lentasi
0