Dunyoda

AQSH Senati Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishini maʼqulladi – OAV

© Sputnik / Aleksey VitvitskiyTribuna v zale dlya press-konferentsiy shtab-kvartirы NATO.
Tribuna v zale dlya press-konferentsiy shtab-kvartirы NATO. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
AQSH Senati Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga aʼzo boʻlish protokollarini ratifikatsiya qilishni maʼqulladi.
TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. AQSH Senati Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga aʼzo boʻlish protokollarini ratifikatsiya qilish uchun ovoz berdi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
95 senator rezolyutsiyani yoqlab (zarur boʻlgan chegara 67 nafar senator), faqat bittasi qarshi ovoz berdi. AQSH parlamentlari Finlyandiya va Shvetsiyaning ittifoqqa qoʻshilishi haqidagi hujjatlarni ratifikatsiya qilgan 20 dan ortiq mamlakatlardan biriga aylandi.
AQSH prezidenti Jo Bayden endi bu davlatlarning NATOga kirishi haqidagi tegishli farmonni imzolashi kerak. U “protokollarni imzolashni intiqlik bilan kutayotganini” aytgan.
“Qoʻshma Shtatlar Shvetsiya va Finlyandiya xavfsizligiga sodiq qoladi. Biz birgalikdagi xavfsizligimiz uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday tahdidlarga qarshi birgalikda hushyor boʻlishda davom etamiz”, deya qoʻshimcha qilgan u.
Maʼlumot uchun, iyun oyi oxirida Madridda boʻlib oʻtgan Shimoliy Atlantika alyansi sammiti oldidan Stokgolm, Xelsinki va Anqara Shvetsiya va Finlyandiyaning ittifoqqa qoʻshilishi boʻyicha muzokaralar boshlanishini taʼminlovchi xavfsizlik memorandumini imzoladi.
Ular terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirish, jumladan, Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasiga (PKK) qarshi choralar koʻrish, maʼlumot almashish va ekstraditsiya boʻyicha kelishuvga kelishib oldi. Anqara avvalroq Stokgolm va Xelsinkining PKKni qoʻllab-quvvatlashidan qoʻrqib, aʼzolik jarayoni boshlanishini toʻxtatib turdi.
Shu bilan birga, Moskva ittifoqning maqsadi qarama-qarshilik ekanini bir necha bor taʼkidlagan. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning soʻzlariga koʻra, blokning yanada kengayishi Yevropa uchun katta xavfsizlikni vaʼda qilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0