https://sputniknews-uz.com/20220804/britaniya-va-ei-davlatlari-twitterda-ria-novosti-akkauntlarini-blokladi-26831249.html
RIA Novostining Twitterdagi akkauntlari YEIning 27ta davlatida bloklandi
RIA Novostining Twitterdagi akkauntlari YEIning 27ta davlatida bloklandi
Britaniya va Yevropa Ittifoqining 27 davlati Twitter’da RIA Novosti akkauntlarini blokladi. 04.08.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-08-04T17:21+0500
2022-08-04T17:21+0500
2022-08-04T17:39+0500
dunyoda
buyuk britaniya
yevropa ittifoqi
ria novosti
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/08/04/26831446_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_4bd3335915592441fe2a43cb97006f34.jpg
TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. RIA Novosti akkauntlari Yevropa Ittifoqining 27 mamlakati va Britaniyada bloklandi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqning oʻzi maʼlum qildi.Ayni paytda koʻrsatilgan mamlakatlardan sahifaga kirishga harakat qilinganda, blokirovka barcha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Buyuk Britaniyaga tegishli ekanligi koʻrsatilgan holda “Akkauntga kirish yopiq” xabari koʻrsatiladi. Gap RIA Novosti @rianru, Tezkor xabarlar RIA Novosti @riabreakingnews, RIA Novosti Sport @rsportru, shuningdek, Praym @1prime_ru iqtisodiy axborot agentligining akkaunti haqida bormoqda.Twitter avvalroq rossiyalik jurnalistlar va ommaviy axborot vositalarining, xususan RT telekanalining akkauntlarini bir necha bor bloklagan, kanal bu qaror boʻyicha shikoyat qilgan. Bundan tashqari, oʻsha paytda Roskosmos rahbari lavozimini egallagan Dmitriy Rogozinning sahifasi ham bloklangan.Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov avvalroq Moskva Gʻarb jurnalistlar, sportchilar va madaniyat arboblariga qarshi sanktsiyalar joriy etishini kutmaganini aytdi.Soʻnggi yillarda Gʻarbda Rossiya matbuoti bilan bogʻliq vaziyat tobora qiyinlashib bormoqda. 2016 yilning noyabrida Yevroparlament Rossiya ommaviy axborot vositalariga qarshi turish zarurligi haqida rezolyutsiya qabul qildi, hujjatda Sputnik va RT asosiy tahdidlar sifatida koʻrsatilgan. Bir qator Gʻarb siyosatchilari, jumladan, AQSH senatorlari va kongressmenlari, shuningdek, Frantsiya prezidenti Sputnik va RT telekanallarini AQSH va Frantsiyadagi saylovlarga aralashishda aybladi, biroq hech qanday dalil keltirmadi. Rossiyaning rasmiy vakillari bunday bayonotlarni asossiz deb atadi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/08/04/26831446_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_21f07e480373a9e5f31fc9321294a4b9.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
buyuk britaniya, yevropa ittifoqi, ria novosti
buyuk britaniya, yevropa ittifoqi, ria novosti
RIA Novostining Twitterdagi akkauntlari YEIning 27ta davlatida bloklandi
17:21 04.08.2022 (yangilandi: 17:39 04.08.2022) Britaniya va Yevropa Ittifoqining 27 davlati Twitter’da RIA Novosti akkauntlarini blokladi.
TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. RIA Novosti akkauntlari Yevropa Ittifoqining 27 mamlakati va Britaniyada bloklandi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqning oʻzi
maʼlum qildi.
Ayni paytda koʻrsatilgan mamlakatlardan sahifaga kirishga harakat qilinganda, blokirovka barcha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Buyuk Britaniyaga tegishli ekanligi koʻrsatilgan holda “Akkauntga kirish yopiq” xabari koʻrsatiladi. Gap RIA Novosti @rianru, Tezkor xabarlar RIA Novosti @riabreakingnews, RIA Novosti Sport @rsportru, shuningdek, Praym @1prime_ru iqtisodiy axborot agentligining akkaunti haqida bormoqda.
Twitter avvalroq rossiyalik jurnalistlar va ommaviy axborot vositalarining, xususan RT telekanalining akkauntlarini bir necha bor bloklagan, kanal bu qaror boʻyicha shikoyat qilgan. Bundan tashqari, oʻsha paytda Roskosmos rahbari lavozimini egallagan Dmitriy Rogozinning sahifasi ham bloklangan.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov avvalroq Moskva Gʻarb jurnalistlar, sportchilar va madaniyat arboblariga qarshi sanktsiyalar joriy etishini kutmaganini aytdi.
Soʻnggi yillarda Gʻarbda Rossiya matbuoti bilan bogʻliq vaziyat tobora qiyinlashib bormoqda. 2016 yilning noyabrida Yevroparlament Rossiya ommaviy axborot vositalariga qarshi turish zarurligi haqida rezolyutsiya qabul qildi, hujjatda Sputnik va RT asosiy tahdidlar sifatida koʻrsatilgan.
Bir qator Gʻarb siyosatchilari, jumladan, AQSH senatorlari va kongressmenlari, shuningdek, Frantsiya prezidenti Sputnik va RT telekanallarini AQSH va Frantsiyadagi saylovlarga aralashishda aybladi, biroq hech qanday dalil keltirmadi. Rossiyaning rasmiy vakillari bunday bayonotlarni asossiz deb atadi.