Hunarmandlar davri keldi – Hotamova

© Foto: “Hunarmand” uyushmasi axborot xizmati “Toshkent suvenirlari” ko‘rgazma-savdosi
“Toshkent suvenirlari” ko‘rgazma-savdosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2022
Obuna bo‘lish
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, “Toshkent suvenirlari” ko‘rgazma-savdosiga 100 mingdan ortiq kishi tashrif buyuradi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Aholining madaniy hordiq olishi va xorijiy sayyohlarga munosib sovg‘alar taqdim etish maqsadida 19-21 avgust kunlari Toshkent shahridagi Sayilgoh ko‘chasida “Toshkent suvenirlari” nomli ko‘rgazma-savdosi o‘tkaziladi.
Uch kun davomida mehmonlar O‘zbekistonning mashhur hunarmandlaridan milliy hunarmandchilik mahsulotlari, suvenirlar sotib olishlari, ularning tayyorlanish jarayonlarini kuzatishlari va o‘zlari bu jarayonda bevocita ishtirok etishlari, shuningdek, ko‘tarinki ko‘ngilochar dasturni tomosha qilishlari mumkin.
“Hunarmand” uyushmasi axborot xizmati rahbari Nilufar Hotamovaning Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, tadbirdan ko‘zlangan yana bir maqsad yosh hunarmandlarni ish bilan ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Ishsiz yoshlar kelib, hunarmand ustalarga shogird tushishlari va mahoratlarini oshirishlari mumkin.
Ko‘rgazma-savdoda respublikaning barcha hududlaridan 200 nafardan ziyod hunarmandlar, xalq amaliy san’ati ustalari hunarmandchilik mahsulotlari va milliy matolar adras atlas, zargarlik buyumlari, kulollik, gilamchilik, zardo‘zlik va hunarmandchilikning boshqa yo‘nalishlarida mahorat darslari bilan ishtirok etadi.
“Toshkent suvenirlari” ko‘rgazma-savdosi davomida biznes vakillari hunarmandlar bilan foydali shartnomalar tuzishlari ham mumkin bo‘ladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ko‘rgazma-savdoga 100 mingdan ortiq kishi tashrif buyuradi.
“Bu galgi ko‘rgazma-savdoda respublikaning ilg‘or usta hunarmandlari o‘z mahoratlarini namoyon etadilar. Bir so‘z bilan aytganda, hunarmandlar davri keldi. O‘ylaymanki, tadir kutilmagan sovg‘alarga boy bo‘ladi”, - deya xulosa qildi Hotamova.
Mazkur tadbir O‘zbekistonda ilk bor 2018-yilda o‘tkazilgan.
Avvalroq Toshkentda 6 va 7-avgust kunlari “Yangiamarket” hunarmandlar, rassomlar, gastro-havaskorlar va musiqachilarning ikkinchi festivali bo‘lib o‘tishi xabar qilingan edi.

Mavzuga oid:

Buxoroga Jahon hunarmandlar shahri maqomi berildi
Imkoniyati cheklangan tadbirkorlarga qanday yordam ko‘rsatilmoqda - video
Mirziyoyev Rishtondagi kulolchilik markazini ko‘zdan kechirdi
Yangiliklar lentasi
0