https://oz.sputniknews-uz.com/20220804/kreml-togli-qorabogdagi-vaziyat-keskinlashayotganidan-xavotirda-ekanini-bildirdi-26834309.html
Kreml Togʻli Qorabogʻdagi vaziyat keskinlashayotganidan xavotirda ekanini bildirdi
Kreml Togʻli Qorabogʻdagi vaziyat keskinlashayotganidan xavotirda ekanini bildirdi
Peskov: Rossiya mojaro tomonlarini vazminlikka va kelishuvlarni amalga oshirishga chaqiradi. 04.08.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-08-04T19:04+0500
2022-08-04T19:04+0500
2022-08-04T19:04+0500
dunyoda
togʻli qorabogʻ
ozarbayjon
armaniston
rossiya
dmitriy peskov
kreml
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/08/04/26834613_0:161:3069:1887_1920x0_80_0_0_6c350c81c1a7519a38a2185836bde4a9.jpg
TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. Moskva Togʻli Qorabogʻdagi vaziyat keskinlashayotganidan xavotirda hamda tomonlarni vazminlikka va uch tomonlama kelishuvlarni bajarishga chaqiradi. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.2020 yil sentyabr oyi oxirida Togʻli Qorabogʻda jangovar harakatlar qayta boshlandi, bu uzoq muddatli mojaroning davomiga aylandi va tinch aholining qurbon boʻlishiga olib keldi. Tomonlar sulh tuzishga bir necha bor uringan, biroq 10 noyabrga oʻtar kechasi erishilgan uch tomonlama kelishuv muvaffaqiyatli boʻlgan. Moskva vositachiligida Ozarbayjon va Armaniston oʻt ochishni toʻliq toʻxtatishga hamda asirlar va oʻlganlarning jasadlarini almashishga kelishib olgan.Bundan tashqari, Yerevan Bokuga Kelbajar va Lochin viloyatlarini, shuningdek, urushlar oraligʻida tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ Respublikasi nazorati ostida boʻlgan Agdam viloyatining bir qismini topshirgan. Mintaqada Rossiya tinchlikparvar kuchlari joylashtirilgan.Kecha, 3 avgust kuni keskinlikning yangi bosqichi paydo boʻldi. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Ozarbayjon qurolli kuchlari Togʻli Qorabogʻ mojarosi hududida, Saribob balandligi hududida oʻt ochishni toʻxtatish rejimini buzganini maʼlum qildi. Vazirlikning qoʻshimcha qilishicha, Rossiya tinchlikparvar kontingenti qoʻmondonligi Ozarbayjon va Armaniston tomonlari vakillari bilan birgalikda vaziyatni barqarorlashtirish choralarini koʻrmoqda.Togʻli Qorabogʻda qisman safarbarlik eʼlon qilindi
togʻli qorabogʻ
armaniston
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/08/04/26834613_168:0:2899:2048_1920x0_80_0_0_226110db5ed1630f9f97b1305531d7c0.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
togʻli qorabogʻ, ozarbayjon, armaniston, rossiya, dmitriy peskov, kreml
togʻli qorabogʻ, ozarbayjon, armaniston, rossiya, dmitriy peskov, kreml
Kreml Togʻli Qorabogʻdagi vaziyat keskinlashayotganidan xavotirda ekanini bildirdi
Peskov: Rossiya mojaro tomonlarini vazminlikka va kelishuvlarni amalga oshirishga chaqiradi.
TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. Moskva Togʻli Qorabogʻdagi vaziyat keskinlashayotganidan xavotirda hamda tomonlarni vazminlikka va uch tomonlama kelishuvlarni bajarishga chaqiradi. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov
maʼlum qildi. “Biz juda diqqat bilan kuzatyapmiz. Tabiiyki, vaziyatning keskinlashuvidan xavotirdamiz. Tomonlarni vazminlikka, eng muhimi, maʼlum uch tomonlama hujjatlarning barcha bandlariga rioya qilishga chaqiramiz”, dedi u.
2020 yil sentyabr oyi oxirida Togʻli Qorabogʻda jangovar harakatlar qayta boshlandi, bu uzoq muddatli mojaroning davomiga aylandi va tinch aholining qurbon boʻlishiga olib keldi. Tomonlar sulh tuzishga bir necha bor uringan, biroq 10 noyabrga oʻtar kechasi erishilgan uch tomonlama kelishuv muvaffaqiyatli boʻlgan. Moskva vositachiligida Ozarbayjon va Armaniston oʻt ochishni toʻliq toʻxtatishga hamda asirlar va oʻlganlarning jasadlarini almashishga kelishib olgan.
Bundan tashqari, Yerevan Bokuga Kelbajar va Lochin viloyatlarini, shuningdek, urushlar oraligʻida tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ Respublikasi nazorati ostida boʻlgan Agdam viloyatining bir qismini topshirgan. Mintaqada Rossiya tinchlikparvar kuchlari joylashtirilgan.
Kecha, 3 avgust kuni keskinlikning yangi bosqichi paydo boʻldi. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Ozarbayjon qurolli kuchlari Togʻli Qorabogʻ mojarosi hududida, Saribob balandligi hududida oʻt ochishni toʻxtatish rejimini buzganini maʼlum qildi. Vazirlikning qoʻshimcha qilishicha, Rossiya tinchlikparvar kontingenti qoʻmondonligi Ozarbayjon va Armaniston tomonlari vakillari bilan birgalikda vaziyatni barqarorlashtirish choralarini koʻrmoqda.