“Osiyo bolalari-2024” o‘yinlari qayerda o‘tishi ma’lum bo‘ldi

© Mejdunarodnie sportivnie igri "Deti Azii"II zimnie Mejdunarodnie sportivnie igri "Deti Azii" proydut v Kuzbasse s 23-fevralya po 5-marta 2023 goda
II zimnie Mejdunarodnie sportivnie igri Deti Azii proydut v Kuzbasse s 23-fevralya po 5-marta 2023 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2022
Obuna bo‘lish
“Osiyo bolalari” II qishki xalqaro sport o‘yinlari 2023-yil fevral oyida boshlanadi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. “Osiyo bolalari” VIII xalqaro sport o‘yinlari 2024-yil Yakutiyada o‘tkaziladi. Bu haqida xalqaro sport o‘yinlariga bag‘ishlangan uchrashuvda ma’lum qilindi.
Rossiya Federatsiyasi Primore o‘lkasi markazida o‘tayotgan VII “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlari jarayonida ishtirok etayotgan davlat va jamoa rahbarlari, mutaxassislar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida “Osiyo bolalari” II qishki xalqaro sport o‘yinlarining taqdimoti o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, qishki o‘yinlar 2023-yil 23-fevralda boshlanishi rejalashtirilgan. Musobaqalar Rossiya Federatsiyasi Kuzbass hududining 4 ta shahrida bo‘lib o‘tadi.
“Osiyo bolalari” II qishki xalqaro sport o‘yinlari direksiyasining rahbari Aleksey Puzyninning so‘zlariga ko‘ra, Kuzbass qatnashchilar uchun “yangi oyna” bo‘ladi.
“Mintaqa Osiyo xalqlari madaniyatining barcha ulug‘vorligini o‘zida namoyish qilgan ochilmagan mintaqadir”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Vladivostokda o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan “Osiyo bolalari” VII xalqaro sport o‘yinlarida jami 16 yoshgacha bo‘lgan 2000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.
Musobaqalar Vladivostokdagi 10 ta sport inshootida, jumladan, yangilangan “Dinamo” stadioni, “Olimpiyskiy” sport majmuasi, “Yunost” sport saroyi va Vladivostokning markaziy maydonida o‘tkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0