O‘zbekiston "yagona Xitoy" siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi – TIV

© Sputnik / Zafar XalilovMID Uzbekistana
MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston TIV Tayvan atrofida yuzaga kelgan keskinlik tezroq bartaraf etilishiga umid bildirgan.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekiston “Yagona Xitoy” siyosatini, ushbu mamlakat suvereniteti, hududiy yaxlitligini izchil qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bayonotida keltirilgan. Bayonot matni “Dunyo” axborot agentligi tomonidan e’lon qilindi.
Bayonotda keltirilishicha, O‘zbekiston Tayvan atrofida yuzaga kelgan keskinlik tezroq bartaraf etilishiga umid bildiradi.
“O‘zbekiston xalqaro huquqning umume’tirof etilgan meyor va tamoyillariga muvofiq “Yagona Xitoy” siyosatini, ushbu mamlakat suvereniteti, hududiy yaxlitligini izchil qo‘llab-quvvatlaydi”, - deyiladi TIV bayonotida.
Ma’lumot uchun, AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining samolyoti 2-avgust kuni Taypey aeroportiga qo‘ndi. Bu Qo‘shma Shtatlar rasmiy vakilining 1997-yildan buyon ushbu orolga amalga oshirgan birinchi tashrifi bo‘ldi.
Xitoy Tayvanni o‘zining ajralmas qismi deb biladi va so‘nggi 50-yil davomida “hududiy yaxlitlik” siyosatini o‘tkazmoqda. Shu sababli XXR Taypey vakillari hamda xorijiy davlatlarning yuqori martabali amaldorlari va harbiylari o‘rtasidagi har qanday aloqaga doimo qarshi chiqib kelgan.
Xitoyning BMTdagi rasmiy vakili Chjan Szunga ko‘ra, xorijiy davlatlar tomonidan Xitoy va Tayvanning “hududiy yaxlitlik” tamoyilni mensimaslik – bu “qizil chiziq”dan o‘tishdir.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Pelosining ushbu safarini “provokatsiya” va boshqa “davlatlar huquq va manfaatlarini mensimaslik” deb atadi.
Yangiliklar lentasi
0