Rossiyaning uchta viloyati O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi

© Sputnik / Mixail KlimentyevFlagi Rossii i Uzbekistana
Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2022
Obuna bo‘lish
Astraxan, Samara va Chelyabinsk viloyatlari O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Rossiyaning Astraxan, Samara va Chelyabinsk viloyatlari O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan ShHTga a’zo davlatlar Hududlari rahbarlari forumi doirasida Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili o‘rinbosari Igor Kaminin Astraxan va Samara viloyatlari rasmiy vakillari, shuningdek Chelyabinsk viloyatining biznes-delegatsiyasi bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Ma’lumki, ayni paytda barcha hududlar o‘zbekistonlik hamkorlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Ular respublika hududlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha uzoqni ko‘zlagan rejalarga ega.
Shunday qilib, Astraxan viloyati sanoat va tabiiy resurslar vaziri Ilya Volinskiy o‘z so‘zida viloyatning Xorazm viloyati bilan o‘zaro hamkorlik masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hududlar o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolangan, Astraxan-Urganch yo‘nalishi bo‘yicha reyslar sonini ko‘paytirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Hududlar ham qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qilishdan manfaatdor, xususan, Astraxan viloyati O‘zbekiston tomoniga kartoshka va paxtaning ertapishar navlarini yetishtirish uchun hududlar berishga tayyor.
Samara viloyati turizm vaziri Artur Abdrashitov Samara va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasidagi aviaqatnovlarni kengaytirish, jumladan, sayyohlar oqimini ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.
Rossiya hududi, shuningdek, HoReCa korxonalarining individual tovarlarni sotib olish ehtiyojlari haqida ma’lumot berish uchun yagona platforma yaratishdan manfaatdor.
Masalan, samara viloyati hududida hozirda 468 ta obyekt mavjud bo‘lib, ularning har biri to‘qimachilik sanoati, restoran biznesi uchun uskunalar mahsulotlarining potensial mijozi hisoblanadi.
Chelyabinsk viloyatini IT- sanoati, neft va gaz sohalari, shuningdek tibbiy va energetika uskunasi mahsulotlarini ishlab chiqaradigan 18 ta korxonadan iborat biznes-delegatsiya taqdim etdi.
Ko‘plab korxonalar allaqachon respublika bozorida o‘z faoliyatini olib bormoqda va ular hududda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishdan manfaatdor.
Ma’lumot uchun, 3-4 avgust kunlari Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hududlari rahbarlarining forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forum savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hududlararo hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan.
Forumning ikkinchi kuni davra suhbati formatida davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0