Tog‘li Qorabog‘da qisman safarbarlik e’lon qilindi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishRossiyskiy mirotvores na blokpostu №6 na vyezde v gorod Shusha na doroge iz Stepanakerta v Lachin.
Rossiyskiy mirotvores na blokpostu №6 na vyezde v gorod Shusha na doroge iz Stepanakerta v Lachin.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2022
Obuna bo‘lish
Harbiy safarbarlik e’lon qilinishiga Ozarbayjon bilan to‘qnashuv chizig‘idagi vaziyat keskinlashgani sabab bo‘lgan.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ rahbari Araik Arutunyan mintaqadagi vaziyat keskinlashgani sababli qisman safarbarlik e’lon qildi. Bu haqida RIA novosti xabar berdi.
“Arutunyan farmonni imzoladi, unga ko‘ra 2022-yil 3-avgustdan respublikada qisman harbiy safarbarlik e’lon qilindi”, - deyiladi Qorabog‘ rahbari matbuot xizmati xabarida.
O‘z navbatida, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti mintaqadagi vaziyat keskinlashgani haqidagi xabarlar fonida Yerevan va Bokuni keskinlikni pasaytirish choralarini ko‘rishga chaqirdi. Bayonotda mintaqada tinchlikni mustahkamlashga qaratilgan barcha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash qat’iyati haqida ham so‘z borgan.
Rossiya Mudofaa vazirligining tinchlikparvar kuchlar faoliyati to‘g‘risidagi bayonotida keltirilishicha, Ozarbayjon Qurolli kuchlari Qorabog‘ mojarosi zonasida, Saribob balandligi hududida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzgan.
“Kontingentning javobgarlik zonasida vaziyat keskinlashmoqda... Rossiya tinchlikparvar kontingenti qo‘mondonligi Ozarbayjon va Armaniston tomonlari vakillari bilan birgalikda vaziyatni barqarorlashtirish choralarini ko‘rmoqda”, - deyiladi bayonotda.
Ma’lumot uchun, 2020-yil sentabr oyi oxirida Qorabog‘da jangovar harakatlar qayta boshlandi, bu uzoq muddatli mojaroning davomiga aylandi va tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib keldi.
Tomonlar sulh tuzishga bir necha bor uringan va 10-noyabrga o‘tar kechasi “Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish haqida”gi uch tomonlama kelishuv imzolangan. Moskva vositachiligida Ozarbayjon va Armaniston o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga, asirlar hamda o‘lganlarning jasadlarini almashishga kelishib olgan.
Bundan tashqari, Yerevan Bokuga Kelbajar va Lochin viloyatlarini, shuningdek, urushlar oralig‘ida tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi nazorati ostida bo‘lgan Agdam viloyatining bir qismini topshirgan. Mintaqada Rossiya tinchlikparvar kuchlari joylashtirilgan.
Shunga qaramasdan, tomonlar muntazam ravishda bir-birini Armaniston-Ozarbayjon chegarasini o‘qqa tutishda ayblab keladi. Harbiy xizmatchilarning jarohat olgani haqidagi xabarlar ham tez-tez quloqqa chalinadi.
Yangiliklar lentasi
0