Toshkent aeroportida bojxona nazorati tartibi soddalashtirildi

© Press-slujba Uzbekistan AirportsZona proxojdeniya tamojennogo kontrolya v aeroportu Tashkenta.
Zona proxojdeniya tamojennogo kontrolya v aeroportu Tashkenta. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2022
Obuna bo‘lish
Endilikda yo‘lovchilar bojxona nazoratidan o‘tganliklarini o‘zlari ham payqamay qolishadi – tafsilotlar.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Toshkent aeroportida bojxona nazoratidan o‘tish tartibi yanada soddalashtirildi. Bu haqida Uzbekistan Airports xabar berdi.
Aytilishicha, “Toshkent” xalqaro aeroportining uchib ketish terminalida masofaviy bojxona nazorati tizimi ishga tushirildi.
“Endilikda yo‘lovchilar bojxona nazoratidan o‘tganliklarini o‘zlari payqamaydilar”, deyiladi xabarda.
Yangi ishga tushgan tizim nazorat kameralari va parvoz haqidagi oldindan olingan ma’lumotlarni tahlil qiladi. Bu esa yo‘lovchilar va ularning yuklarini bilvosita bojxona nazoratidan o‘tkazish imkonini beradi.
Terminalning butun perimetri bo‘ylab o‘rnatilgan kameralar orqali bojxona organlari real vaqt rejimida masofadan turib vaziyatni kuzatib boradi. Ular faqatgina zarur hollarda yo‘lovchilarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazishi mumkin.
Bu esa, xorijga otlangan yo‘lovchilarning bojxona nazoratidan tezroq va hech qanday kechikishlarsiz o‘tish imkonini beradi.
Yangiliklar lentasi
0