Toshkentning ba’zi hududlarida vaqtincha elektr energiyasi o‘chirildi

© Pixabay/a_roeslerLampa nakalivaniya
Lampa nakalivaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2022
Obuna bo‘lish
mazkur hududlardagi past kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlaridagi eski alyumin simlari yangi zamonaviy SIP kabel tarmoqlariga almashtirilyapti.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Bugun Toshkent shahrining Shayxontohur, Yunusobod hamda Yashnobod tumanlaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 18:00 qadar vaqtinchalik o‘chirildi. Bu haqda "Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi" AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bundan iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini ta’minlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini oldini olish, hamda ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsad qilingan.
Elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chiriladigan hududlar:
Yashnobod tumanining Shohsanam hamda Munavvar qori ko‘chalari;
Yunusobod tumanining Yunusobod 18-daha, Oqtepa, Yangihayot hamda Mirxo‘jayeva ko‘chalari.
Shayxontohur tumanining Shofayiz, Chaman, Uyg‘ur, Ulug‘bek, Uysoz, Xushro‘y, Ziyosaid, Behzod hamda Muqanna ko‘chalari.
Sababi hududlardagi quvvati HL-0,4 kV bo‘lgan past kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlaridagi eski alyumin simlarni yangi zamonaviy SIP kabel tarmoqlariga almashtirish hamda transformator punktlarida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shu sababli ushbu hududlardagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.
“Ayni vaqtda "Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tasarrufidagi tuman elektr ta’minoti korxonalari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilib, hududlarda tezkor chiqish brigadalari tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bularning barchasi aholini uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan”, - deyiladi xabarda.
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi" AJ mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘radi.
Yangiliklar lentasi
0