Siyosat

Yil yakunigacha ishga qabul qilishning ochiq tanlov tizimi barcha idoralarda joriy etiladi

© Pixabay / Goumbik Mujchina v kostyume
Mujchina v kostyume - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Boʻsh lavozimga tanlovda ishtirok etish uchun hozirgi kunda talab etilayotgan 16 ta hujjat soʻralmaydi, barcha jarayonlar elektron shaklga oʻtkaziladi.
TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda yil yakunigacha ishga qabul qilishning ochiq tanlov tizimini barcha davlat idoralarida joriy etiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatini isloh qilish boʻyicha videoselektor yigʻilishida masʼullarga tegishli topshiriq berdi.
Qayd etilishicha, masʼul lavozimlarda oʻtirgan rahbarlarni tanlash, tayyorlash va motivatsiya berish yoʻlga qoʻyilmagani ijrodagi oqsoqliklarning asosiy sabablaridan biri boʻlmoqda.
Shu bois, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilib, soʻnggi 2 yil davomida chuqur muhokamalar asosida “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonun tayyorlandi.
Yigʻilishda bu qonun bilan belgilanayotgan yangi tizimning har bir idora va hudud kesimida qanday ishlashi, bu borada turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Birinchi yoʻnalish – davlat idoralariga ishga qabul qilishning ochiq-oshkora tizimi joriy etiladi.
Shu munosabat bilan yil yakunigacha:
barcha vakant lavozimlar ochiq yagona elektron platformaga joylashtiriladi;
boʻsh lavozimga tanlovda ishtirok etish uchun hozirgi kunda talab etilayotgan 16 ta hujjat soʻralmaydi, barcha jarayonlar elektron shaklga oʻtkaziladi;
ochiq tanlov orqali nomzodning bilimi, tajribasi va salohiyati aniqlanadi.
Bu tajriba tariqasida Samarqand viloyati va Davlat soliq qoʻmitasida sinovdan oʻtkazilgan.
Samarqand viloyati hokimi va DSQ raisi yangi tizim orqali qanday natijalarga erishgani haqida axborot berdi.
Ularning hisobotini tinglab, davlat rahbari yil yakunigacha ishga qabul qilishning ochiq tanlov tizimini barcha idoralarda joriy qilish topshirigʻini berdi.
Buning uchun, ikki oy muddatda oliygohlar diplomlari va mehnat daftarchalarini mavjud elektron bazaga toʻliq kiritib, uni Tanlov elektron platformasiga integratsiya qilish vazifasi qoʻyildi. Yil yakuniga qadar 4 mingta boʻsh lavozimga tanlov oʻtkazish topshirildi.
“Har bir vazirlik va hokimlik kadrlar tanlashni oliygohlardan boshlashi zarur”, - dedi prezident.
Bu tajribani tizimli yoʻlga qoʻyish uchun har bir vazir va viloyat hokimi bir oy muddatda Yosh mutaxassislarni tanlash dasturini eʼlon qiladi.
Dastur doirasida oliygohlarning bitiruvchi kurslarida oʻqiyotgan qobiliyatli yoshlar saralanib, vazirlik va hokimlik tizimida stajirovka oʻtaydi va oʻqishni tamomlagach, tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
Bunda, nafaqat mamlakat oliygoh talabalari, balki nufuzli xorijiy oliygohlarda oʻqiyotgan yoshlar ham qamrab olinadi.
Yangiliklar lentasi
0