Kolumnistlar

Donbassda “qor koʻchkisi”: UQK ning Avdeyevka mustahkamlangan hududi buzib tashlandi

© Sputnik / Viktor Antonyuk / Fotobankka oʻtishArtilleriya LNR vedet obstrel VSU s okrain Popasnoy
Artilleriya LNR vedet obstrel VSU s okrain Popasnoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ittifoqdosh qoʻshinlarning Donbassda hujum operatsiyalari tez va muvaffaqiyatli davom etmoqda. Ommaviy artilleriya va havo zarbalarining bir vaqftda bir nechta mudofaa liniyada davom etish taktikasi dushmanni qiyin ahvolga solgan, erkin manervlar qilish imkonini qoldirayotgani yoʻq.
UQK Avdeyevka mustahkamlangan hududining buzib tashlanishi, Marinka va Peskining boʻronlari, ittifoqdosh qoʻshinlarning Donbassdagi barcha frontlarda faol hujumlari Kiyev rejimini “Xerson uchun jang”ni unutish, Gʻarbni esa Rossiyaning aniq rejalari bilan amalga oshirilayotgan maxsus harbiy operatsiyasi boʻyicha Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiyalashning shafqatsiz haqiqatiga qaytarmoqda.
Ittifoqdosh qoʻshinlarning Donbassda hujum operatsiyalari tez va muvaffaqiyatli davom etmoqda. Ommaviy artilleriya va havo zarbalarining bir vaqftda bir nechta mudofaa liniyada davom etish taktikasi dushmanni qiyin ahvolga solgan, erkin manervlar qilish imkonini qoldirayotgani yoʻq. Oʻn barobar olovli ustunlik esa dushmanga hatto boshini koʻtarishga ham qoʻymayotir. “Terminator” tanklarni qoʻllab-quvvatlash jangovar mashinalari yordamida tank guruhlarining hujumlari- Artemevsk va Soledar hududlarida hujum guruhlarini olgʻa harakatlantirish uchun sharoit yaratmoqda. Shahar qurilishlarida janglar davom etmoqda.
Peski aholi punktining deyarli yarmi ozod qilindi. U natsistlar okkupatsiyasi uchun mustahkamlanngan hudud va Donetsk otishmalari uchun asosiy artilleriya pozitsiyasiga aylangan. Dushmanning Avdeyevka koksokimyoviy zavodi hududida fortifikatsion qurilishlari yoʻq qilinmoqda, Marinka rayonidagi mudofaa vayron qilingan.
Sakkiz yil davomida qurilgan Marinka – Peski- Avdeyevka 30 kilometrlik mustahkamlangan hududning beton liniyasi vayron qilinmoqda, mustahkamlangan hududni turli yoʻnalishlarda bir vaqtda qurshab olish yangi “qozon” shakllanishiga olib kelmoqda. Unda Ukraina Qurolli Kuchlarining 70 minggacha jangchilari va xorijiy yollanma askarlari sigʻishi mumkin.
Ukraina boʻlinmalari juda katta yoʻqotishlarga duchor boʻlmoqda. Dizertirlar va asirlar soni oshmoqda. Rossiya Harbiy-kosmik kuchlarining bitta yuqori aniqlikdagi zarbasi bilan 4 avgust kuni Donetskdan 50 km shimolroqda, Konstantinovka shahri hududida UQKning 95- desant- hujumchi brigadasi 400 ga yaqin harbiy xizmatchisi va 20 ta harbiy texnikasi yoʻq qilindi. Kiyev rejimi Peski va Avdeyevkaga (toʻgʻrirogʻi goʻshtqiymalagichga) yangidan-yangi zaxira askarlarni joʻnatmoqda. Biroq, Rossiya qoʻshinlarining zarbasi bilan oʻtgan uch sutkada 600 askardan 80 nafarigina manziliga yetib bora olgan xolos. Zelenskiyga ukrain safarbar askarlar zahirasining ommaviy qirib tashlash kerak. Bu AQSH manfatlari va rejalariga toʻgʻri keladi. Shuning uchun UQK Bosh shtabi odamlarni avaylayotgani yoʻq, qoʻshinlar qochgandan soʻng kuyib kul, vayron boʻlgan shahar va qishloqlar qoldirmoqchi. Halok boʻlishga maqkum ukrain askarlari esa hatto qarshi hujumga oʻtishga ham haraqat qilishayotgani yoʻq- shunchaki alamlarini tinch aholi va Donekni oʻqqa tutib olishmoqda

Gʻarb yordam bermaydi

Amerikaliklar ukrainlarning harakatini diqqat bilan kuzatishmoqda va tan olishga majburdirki, hujum qilayotgan Rossiya qoʻshinlari hech qanday yoʻqotishlarsiz UQKning yillar davomida Donbassda tutgan pozitsiyalarini yoʻq qilishmoqda.
Urushni oʻrganish instituti (ISW) tahlilchilarining hisobotida ittifoqdosh kuchlarning Artyomovsk va Slavyansk yoʻnalishlaridagi muvaffaqiyatlari qayd etilgan. Butun front boʻylab Ukraina istehkomlari vayron qilinmoqda. UQK ning
muammosi shundaki, Donbassning gʻarbiy qismida yaxshi mustahkamlangan pozitsiyalar yoʻq va front tiklab boʻlmas darajada “parchalanmoqda”.
Aloqa chizigʻi UQK va Xarkov, Zaporojye, Krivorojsk, Nikolayev yoʻnalishlarida beqaror. Rossiya qoʻshinlari har kuni Ukraina boʻylab muhim harbiy obʼyektlarga raketa hujumlarini uyushtirmoqda.
3 avgust kuni havodan uchirilgan yuqori aniqlikdagi uzoq masofali raketalar Lvov viloyati, Radexiv shahri yaqinida, Polsha chegarasidan taxminan 45 km uzoqlikda joylashgan Polshadan olib kelingan xorijda ishlab chiqarilgan qurol va oʻq-dorilar saqlanadigan bazani yoʻq qildi.
Polsha tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Pavel Yablonskiy Polsat News telekanali efiridan birida Polsha chegarasidan 15 km uzoqlikda raketalardan biri tushgani bejizga boʻlmaganini, balki aynan shu kuni rasmiy tashrif bilan Polsha Tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau Ukrainada boʻlganini aytdi. Varshava bunda Moskvaning shafqatsiz ogohlantirishini koʻrdi. Rossiyaning pozitsiyasi Gʻarbda koʻpchilik uchun faqatgina qanotli va gipertovushli raketalar orqali tushunarli boʻladi shekilli. “Hamkorlar” CVO usulidan foydalangan holda jahon sahnasida kuchlarning yangi uygʻunligi haqidagi soʻzlarni qabul qilmaydilar.
Qanday boʻlmasin, Kiyev rejimiga Gʻarblik sheriklardan yordam olish qiyinlashib bormoqda. Masalan, Germaniya Ukrainaga saxiylik qilib 100 ta Panzehaubitze 2000 oʻziyurar artilleriya oʻrnatmalari vaʼda qildi, ammo 2024-2027 yillarda yetkazadi. Amnesty International huquqni himoya qiluvchi tashkilot esa bugun Ukrainani harqaro va harbiy huquqlarni buzganlikda- UQK ning “aholi punktlari, shuningdek, maktab va shifoxonalarda” harbiy pozitsiya tashkillashtirishda aybladi.
Eslatib oʻtaman, bunday “mutlaqo mudofaa” formati qonunchilik miqyosida, Oliy Radada ovoz berish yoʻli bilan tanlangan. “Taktika” tanlash boʻyicha maslahatchi boʻlib esa Pentagon va Amerika Milliy gvardiya mutaxassislari qatnashgan. Garchi Kiyevda AQSH va NATOning Afgʻonistondan sharmandalarcha qochib chiqish tajribasini hisobga olishlari kerak edi. Hamma joyda “istisnosiz” amerikaliklar va sodiq ukrainlarning oyoqlari tagida yer yonmoqda. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Donbassdagi Amerika HIMARS MLRS raketa zarbalari va boshqa “Ukrainadagi urush jinoyatlari” uchun bevosita Bayden maʼmuriyati va shaxsan Zelenskiy javobgar boʻlishini eʼlon qildi.
Kollektiv Gʻarb natsist Kiyev rejimiga yordam bermaydi. Amerikaning Newsweek nashri xabar qilishicha, AQSH Rossiya bilan kurashda Yevropaga tayana olmaydi, chunki turbulentlik baland. Axir Rossiya maxsus operatsiyasi boshlangandan buyon atigi besh oy oʻtdi va sovuq kunlar kelmadi. Kollektiv Sharqning yangi va adolatli dunyo tartibi oʻrnatilishiga tayyorlanayotgani haqida gapirmasa ham boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0