Madaniyat

Madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha yagona OAV platformasi yaratiladi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishMavzoley Gur-Emir
Mavzoley Gur-Emir - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tajribali OAV vakillari va blogerlar koʻngilli ravishda madaniy yodgorliklarni himoya qilishda ishtirok etishadi.
TOSHKENT, 5 avg - Sputnik. Oʻzbekistonda madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha yagona OAV platformasi yaratiladi. Bu haqida Toshkentdagi International Hotel mehmonxonasida boʻlib oʻtgan anjumanda eʼlon qilindi.
Oʻzbekistonda Madaniy merosni muhofaza qilishga qaratilgan yagona OAV platformasi yaratiladi va unda mamlakatdagi tajribali va faol OAV vakillari, internet va bosma nashrlar mutaxassislari, blogerlar koʻngilli ravishda platformada faoliyat yuritishlari mumkin, - deyiladi xabarda.
© MinTurizmaSeminar po turizmu v otele International v Tashkente
Seminar po turizmu v otele International v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2022
Seminar po turizmu v otele International v Tashkente
Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan tashkil qilingan tadbir "Markaziy Osiyo davlatlarida millatlararo totuvlikni taʼminlash" nomli xalqaro konferentsiya hamda "Etnoturizm va etnosport: xorij tajribasi va rivojlanish istiqbollari" mavzusida seminar tashkil etildi.
Unda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridan mutaxassislar ishtirok etishdi.
Shuningdek, YUNESKOning Qozogʻistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Magnus Magnusson ishtirokchilarga onlayn murojaat qildi.
© MinTurizmaSeminar po turizmu v otele International v Tashkente
Seminar po turizmu v otele International v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2022
Seminar po turizmu v otele International v Tashkente
Yangiliklar lentasi
0