Markaziy Osiyo ekspertlari etnoturizmni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi

© Sputnik / StringerNavruz v turisticheskom komplekse "Etnomir"
Navruz v turisticheskom komplekse Etnomir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentda "Etnoturizm va etnosport: xorij tajribasi va rivojlanish istiqbollari" mavzusida seminar tashkil etildi.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Bugun poytaxtdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan "Markaziy Osiyo davlatlarida millatlararo totuvlikni ta’minlash" nomli xalqaro konferensiya hamda "Etnoturizm va etnosport: xorij tajribasi va rivojlanish istiqbollari" mavzusida seminar tashkil etildi.
© SputnikV Tashkente proveli seminar na temu "Etnoturizm i etnosport: zarubejniy opit i perspektivi razvitiya"
V Tashkente proveli seminar na temu Etnoturizm i etnosport: zarubejniy opit i perspektivi razvitiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2022
V Tashkente proveli seminar na temu "Etnoturizm i etnosport: zarubejniy opit i perspektivi razvitiya"
Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridan mutaxassislar ishtirok etishdi. Shuningdek, ZOOM orqali onlayn muloqot ham tashkil etildi. YuNESKOning Qozog‘istondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Magnus Magnusson ishtirokchilarga onlayn murojaat qildi.
“O‘zbekiston dunyo hamjamiyatining e’tiboridagi serquyosh o‘lka. Uning tarixiy dovrug‘i butun dunyoga yoyilgan. O‘ylaymanki, zamonaviy O‘zbekistonning qiyofasi va shamoyili ham o‘zgacha bo‘ladi”, dedi Magnusson.
Ma’lumki, bir necha yillardan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Uzbekistan Ethno Games”, “Youth Tourism”, “Bahodirlar o‘yini” hamda “Etnoturizm va etnosport: xorij tajribasi va rivojlanish istiqbollari” kabi yirik tadbirlar mamlakat turizm salohiyatini yanada oshirish, xorijiy turistlar tashrifini ko‘paytirishga qaratilgan. Shuningdek, yetakchi xorij davlatlari bilan hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.

“O‘zbekistonning tashqi davlatlar bilan do‘stlik aloqalari, o‘zaro munosabatlari bardavom bo‘ladi. Bugun mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotidagi barcha islohotlar taraqqiyot uchun xizmat qilmoqda”, dedi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Tan Valeriy.

"Har qanday murakkab jarayonlarda mamlakatlarning o‘zaro do‘stligi, mustahkam diplomatik aloqalar tinchlikni ta’minlashda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, mamlakat aholisining har biri faolligi bilan taraqqiyotga xizmat qiladi", dedi Markaziy Osiyo Xalqaro instituti direktori Anvar Nasirov.
© SputnikV Tashkente proveli seminar na temu "Etnoturizm i etnosport: zarubejniy opit i perspektivi razvitiya"
V Tashkente proveli seminar na temu Etnoturizm i etnosport: zarubejniy opit i perspektivi razvitiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2022
V Tashkente proveli seminar na temu "Etnoturizm i etnosport: zarubejniy opit i perspektivi razvitiya"
"Yurtimizning sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanish jarayonida jamoat tashkilotlarining rolini yanada oshirish, ularning ishga solinmagan imkoniyatlarini safarbar etish soha rivojida muhim o‘rin tutadi. O‘zbekistonda aynan turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jamoat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda”, dedi Turizm va madaniya meros vaziri maslahatchisi Temur Mirzayev.
Shuningdek, madaniy merosni muhofaza qilishga qaratilgan yagona OAV platformasi yaratilishi aytib o‘tildi. Unda mamlakatdagi tajribali va faol OAV vakillari, internet va bosma nashrlar mutaxassislari, blogerlar ko‘ngilli ravishda platformada faoliyat yuritishlari mumkin.
Seminarda ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha qator loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Infratuzilmani yaxshilash va tashkilotlar faoliyatini jadallashtirish yuzasidan qizg‘in muhokamalar o‘tkazildi.
O‘tgan yili Rossiya gubernatori, siyosatchi Nikolay Lyubimov O‘zbekistonga tashrif buyurib, Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan birgalikda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi o‘zaro hamkorlik borasida muzokaralar olib borgan edi.
Shu bilan birga, muntazam ravishda Toshkentda “Ipak yo‘lida turizm”, “Jahon kino kunlari”, “Turizm va madaniy meros forumi” va boshqa turli mamlakatlarning madaniyat kunlari o‘tkazilib kelinadi.
Yangiliklar lentasi
0