https://sputniknews-uz.com/20220805/odessa-portidan-makkajoxori-ortilgan-3ta-kema-safarga-chiqdi--26852465.html
Odessa portidan makkajoʻxori ortilgan 3ta kema safarga chiqdi
Odessa portidan makkajoʻxori ortilgan 3ta kema safarga chiqdi
Joʻxori ortilgan 3 ta yuk tashuvchi kema Turkiya, Britaniya va Irlandiyaga boradi. 05.08.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-08-05T13:48+0500
2022-08-05T13:48+0500
2022-08-05T13:48+0500
dunyoda
odessa
ukraina
bmt
buyuk britaniya
turkiya
rossiya
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/08/01/26708972_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_64d070655533fed8248a5f877cf132a4.jpg
TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Joʻxori ortilgan Polarnet, Rojen va Navistar yuk tashuvchi kemalari Odessa viloyatidagi portlarni tark etib, Istanbulga yoʻl oldi. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi va TRT Haber telekanali xabar bergan.BMTda qayd etilganidek, Qoʻshma muvofiqlashtirish markazi ushbu kemalarga bugun, 5 avgust kuni dengizga chiqishga ruxsat bergan.Shunday qilib, Polarnet Chernomorskdan Turkiyaning Karasu shahriga 12 ming tonna makkajoʻxori yetkazib beradi, Rojen (13 041 tonna makkajoʻxori) xuddi shu portdan Britaniyadagi Teesport ’ga boradi, Navistar Odessadan Ringaskiddiga (Irlandiya) 33 ming tonna makkajoʻxori olib boradi. Barcha kemalar dastlab Istanbuldagi Muvofiqlashtirish markazi delegatsiyalari tomonidan tekshiriladi.Ukraina donini dengiz orqali eksport qilish 22 iyul kuni Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari ikki hujjatdan iborat paketni imzolaganidan soʻng mumkin boʻldi. Birinchisi, Rossiya qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va oʻgʻitlarini jahon bozorlariga eksport qilish boʻyicha turli cheklovlarni olib tashlash boʻyicha BMT majburiyatlarini oʻz ichiga oladi. Ikkinchisi Ukraina qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini insonparvarlik koridori boʻylab Qora dengizdagi uchta portdan xavfsiz eksport qilish uchun Rossiya tomonidan taklif qilingan algoritmni oʻrnatadi.BMT bosh kotibi oʻrinbosari, Afrika Iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi Vera Songvening soʻzlariga koʻra, “mahsulot kelishuvi”ning amalga oshirilishi 23 million tonna Ukraina gʻallasini jahon bozorlariga yetkazib berish imkonini beradi. Dushanba kuni ertalab joʻxori ortilgan birinchi yuk kemasi Odessa portidan joʻnab ketdi.Birlashgan Millatlar Tashkiloti gʻalla taqchilligi tufayli oziq-ovqat inqirozi xavfini bir necha bor taʼkidlagan. Gʻarb, oʻz navbatida, Rossiyani Ukrainadan kelayotgan don mahsulotlari jahon bozorlariga chiqmayotganlikda aybladi. Moskva bu ayblovlarni qatʼiyan rad etdi. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, ukrainalik harbiylar Mariupol portidagi donni yoqib yuborgan, shuningdek, Qora dengizning bir qismini minalagan.
ukraina
turkiya
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/08/01/26708972_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_22eaa927c1ea8baedc4f007cbda843f4.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
odessa, ukraina, bmt, buyuk britaniya, turkiya, rossiya
odessa, ukraina, bmt, buyuk britaniya, turkiya, rossiya
Odessa portidan makkajoʻxori ortilgan 3ta kema safarga chiqdi
Joʻxori ortilgan 3 ta yuk tashuvchi kema Turkiya, Britaniya va Irlandiyaga boradi.
TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Joʻxori ortilgan Polarnet, Rojen va Navistar yuk tashuvchi kemalari Odessa viloyatidagi portlarni tark etib, Istanbulga yoʻl oldi. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi va TRT Haber telekanali
xabar bergan. BMTda qayd etilganidek, Qoʻshma muvofiqlashtirish markazi ushbu kemalarga bugun, 5 avgust kuni dengizga chiqishga ruxsat bergan.
Shunday qilib, Polarnet Chernomorskdan Turkiyaning Karasu shahriga 12 ming tonna makkajoʻxori yetkazib beradi, Rojen (13 041 tonna makkajoʻxori) xuddi shu portdan Britaniyadagi Teesport ’ga boradi, Navistar Odessadan Ringaskiddiga (Irlandiya) 33 ming tonna makkajoʻxori olib boradi. Barcha kemalar dastlab Istanbuldagi Muvofiqlashtirish markazi delegatsiyalari tomonidan tekshiriladi.
Ukraina donini dengiz orqali eksport qilish 22 iyul kuni Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari ikki hujjatdan iborat paketni imzolaganidan soʻng mumkin boʻldi. Birinchisi, Rossiya qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va oʻgʻitlarini jahon bozorlariga eksport qilish boʻyicha turli cheklovlarni olib tashlash boʻyicha BMT majburiyatlarini oʻz ichiga oladi. Ikkinchisi Ukraina qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini insonparvarlik koridori boʻylab Qora dengizdagi uchta portdan xavfsiz eksport qilish uchun Rossiya tomonidan taklif qilingan algoritmni oʻrnatadi.
BMT bosh kotibi oʻrinbosari, Afrika Iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi Vera Songvening soʻzlariga koʻra, “mahsulot kelishuvi”ning amalga oshirilishi 23 million tonna Ukraina gʻallasini jahon bozorlariga yetkazib berish imkonini beradi. Dushanba kuni ertalab joʻxori ortilgan birinchi yuk kemasi Odessa portidan joʻnab ketdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti gʻalla taqchilligi tufayli oziq-ovqat inqirozi xavfini bir necha bor taʼkidlagan. Gʻarb, oʻz navbatida, Rossiyani Ukrainadan kelayotgan don mahsulotlari jahon bozorlariga chiqmayotganlikda aybladi. Moskva bu ayblovlarni qatʼiyan rad etdi. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, ukrainalik harbiylar Mariupol portidagi donni yoqib yuborgan, shuningdek, Qora dengizning bir qismini minalagan.