Oilaviy bolalar uyini tashkil etganlarga davlat budjetidan pul ajratiladi

© SputnikOtkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente
Otkritie pervogo detskogo doma semeynogo tipa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2022
Obuna bo‘lish
Oilaviy bolalar uyidagi har bir tarbiyalanuvchining yashash xarajatlari uchun 7 yoshgacha bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga BHMning 5 baravari (1,5 mln so‘m) miqdorida pul ajratiladi.
TOShKENT, 5 avg – Sputnik. 1 sentabrdan boshlab oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolarga davlat budjetidan mablag‘ ajratiladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan kecha, 4-avgust kuni qabul qilingan qarorda belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, 2022-yil 1-sentabrdan oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolarga har oyda davlat budjetidan:
· oilaviy bolalar uyidagi har bir tarbiyalanuvchining yashash xarajatlari uchun 7 yoshgacha bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga BHMning 5 baravari (1,5 mln so‘m) miqdorida, 8 yoshdan 18 yoshgacha tarbiyalanuvchilarga BHMning 7 baravari (2,1 mln so‘m) miqdorida;
· oilaviy bolalar uyidagi har bir tarbiyalanuvchini parvarish qilish uchunmehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1 baravari – 920 ming so‘m, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun 1,5 baravari – 1 mln 380 ming so‘m miqdorida;
· oilaviy bolalar uyiga tarbiyaga olingan har bir nogironligi bo‘lgan bolani davolash-sog‘lomlashtirishuchun har oyda BHMning 1 baravari (300 ming so‘m) miqdorida mablag‘ ajratiladi.
Shuningdek, oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilarning yashash xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘lar har oyning 5-sanasigaqadar tutingan ota-ona nomiga ochilgan bank plastik kartasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazib beriladi.
Bundan tashqari, oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilarga hududda joylashgan davlat sport majmualari, ma’naviy-ma’rifiy maskanlar, to‘garaklar, ot sporti seksiyalari, “Ishga marhamat” monomarkazlari va boshqa o‘quv markazlaridagi to‘garaklar va kurslarga bepul qatnashish huquqi beriladi.
oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilar uchun O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan yiliga bir marotaba sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olish uchun bepul yo‘llanmalar ajratiladi. Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan bir yilda ikki marotaba respublikaning tarixiy shaharlariga bepul sayohatlar hamda teatr tomoshalari va konsert dasturlari tashkil etiladi.
oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilar davlat davolash-profilaktika muassasalari tomonidan bir yilda ikki marotaba bepul to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi;
oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilarga mazkur qarorga muvofiq berilayotgan sog‘lomlashtirish oromgohiga va sayohatga borish, teatr tomoshalari va konsertlarda qatnashishga oid imtiyozlar oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolarning o‘z farzandlariga ham tatbiq etiladi.
Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-sentabrdan:
oilaviy bolalar uylari yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni (tarbiyalanuvchilar) oilaga tarbiyaga olishni istagan fuqarolar tomonidan yuridik shaxs maqomisiz tegishli tuman (shahar) hokimi qarori asosida tashkil etiladi;
oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilar soni kamida 3 nafarni, lekin ko‘pi bilan 5 nafarni tashkil qilishi lozim. Bunda, oilaviy bolalar uyini tashkil qilgan fuqarolarning o‘z farzandlari hamda tarbiyalanuvchilarning umumiy soni 8 nafardan oshmasligi kerak;
oilaviy bolalar uylarini tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan fuqarolar tomonidan tashkil qilishga ruxsat etiladi;
oilaviy bolalar uylari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Milliy gvardiya hamda tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish sho‘’balari tomonidan amalga oshiriladi;
oilaviy bolalar uyini tashkil etish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan shaxslardan tegishli vazirlik va idoralarning elektron ma’lumotlar bazalaridan olish mumkin bo‘lgan hujjatlarni talab qilish man etiladi.
Yangiliklar lentasi
0