Iqtisod

Oʻzbekiston qovun-tarvuz eksportidan qancha daromad qildi?

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishProdaja arbuzov na rыnke
Prodaja arbuzov na rыnke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston xorijga 16,4 mln dollarlik qovun-tarvuz eksport qilgan.
TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. 2022 yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 16,4 mln $ga teng boʻlgan 67,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Statqoʻmga koʻra, bu yil mamlakatda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 12 ta xorijiy davlat bozorlariga yetkazib berilgan boʻlib, eksport hajmi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 45 ming tonnaga oshgan.
Dastlabki olti oyda Oʻzbekiston eng koʻp qovun va tarvuzni Qozogʻiston (39,2 ming tonna), Rossiya (15,1 ming tonna) va Qirgʻizistonga (11,1 ming tonna) eksport qilgan.
Belarus (1,1 ming tonna), Tojikiston (624 tonna), Latviya (448 tonna) hamda Mongoliya (157 tonna) ham oʻzbek qovun-tarvuzlarini xarid qilgan.
Ukraina (43 tonna) va Polsha (19,4 tonna) kamroq boʻlsa ham Oʻzbekistondan qovun-tarvuz sotib olgan.
Avvalroq, Oʻzbekiston oʻriklarini eng koʻp Rossiya (3,7 ming tonna) xarid qilgani haqida xabar berilgandi.
Yangiliklar lentasi
0