O‘zgidromet bugun kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishPogoda dojd
Pogoda dojd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Harorat foni +33-38 daraja atrofida saqlanib turadi.
Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Kunduzi harorat +34-36 darajagacha isiydi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati +22-27 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0